O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga 01.04.10 – Yarimo‘tkazgichlar fizikasi ixtisosligi bo‘yicha doktorantura (DSc), tayanch-doktorantura (PhD) va stajyor-taqdiqotchilikga tanlov asosida qabul e’lon qiladi.
Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
ariza;
qisqacha biografik ma’lumotnoma;
B1 darajadagi xorijiy til sertifikati;
mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
Oliy ta’lim muassasasi magistratura diplomi nusxasi;
4 shakldagi ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek, ularning nusxalari (kamida 2 ta tezis va tanlangan mavzu bo‘yicha OAK e’tirof etgan jurnalda 1 ta ilmiy maqola);
Oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falsafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega boʻlganligi toʻgʻrisidagi diplom nusxasi (doktorantura uchun).
Tadqiqot mavzusi boʻyicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi (doktorantura uchun).
pasport nusxasi;
ilmiy rahbarning rozilik xati.
Hujjatlar https://daraja.ilmiy.uz orqali joriy yilning 15-sentabridan 15-oktabriga qadar qabul qilinadi.
Ma’lumot o`rnida, tasdiqlangan kvota bo‘yicha ajratilgan o’rinlarga mutaxassislik fanlaridan kirish imtihonlari va suhbat bo‘lib o`tadi.
Murojaat uchun: +998 99 882 31 57, info@ispm.uz