Universitet Kengashining 2024-yil 28-avgustdagi 1-sonli yig‘ilish qarori bilan 2024-2025 o‘quv yilidan boshlab quyidagilar belgilangan:
bir o‘quv semestri (sessiya) davomida talabaning fanlardan akademik qarzdorligi 4 ta va undan ko‘p bo‘lgan talabalarga imtihonlarni qayta topshirishga ruxsat berilmaydi va universitet rektorining buyrug‘i bilan kursdan qoldiriladi.
Bunda ikkinchi oliy ta’limga yoki texnikumlarni bitirib 2-kursdan qabul qilish, o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash, akademik ta’tildan yoki akademik mobillikdan qaytish natijasida yuzaga kelgan fanlar farqi bo‘yicha akademik qarzdorliklar alohida hisobga olinadi;
talaba uzrli sabablarga ko‘ra oraliq va (yoki) yakuniy nazorat turiga kirmagan taqdirda ushbu talabaga tegishli nazorat turini qayta topshirishga belgilangan tartibda ruxsat etiladi. Bunda, oraliq va yakuniy nazoratlar bo‘yicha akademik qarzdor talabalar uchun tashkil etiladigan bir martalik qayta topshirishdan so‘ng o‘zlashtirilmagan uchtadan ko‘p bo‘lmagan fanlardan akademik qarzdorliklar talabaning tashabbusi bilan keyingi semestr yoki yozgi semestr davomida o‘z hisobidan to‘lov asosida topshiradi;
uzrli sabablarsiz malakaviy amaliyotlarda o‘z vaqtida ishtirok etmagan va amaliyot hisobotlarini topshirmagan talabalar GPA ko‘rsatkichidan qat’iy nazar tegishli kursda qoldiriladi;
uzrli sabablarga asosan talaba tomonidan malakaviy amaliyot o‘tash imkoni bo‘lmaganda yozgi semestr muddatidan ko‘p bo‘lmagan (besh hafta va undan ortiq muddatda bo‘lgan amaliyotlar bundan mustasno) malakaviy amaliyotlar uchun yozgi semestr davrida talabaga amaliyot o‘tashga ruxsat etilishi mumkin;
talabalar tomonidan uzrli sabablarni tasdiqlovchi ma’lumotlar uzrli sabablar yakunlangan kundan e’tiboran o‘n kun muddatda dekanatga taqdim etiladi;
talaba kassaligi yoki boshqa sabablarga ko‘ra, ikki haftadan ortiq muddatda mashg‘ulotlarda ishtirok etmagan taqdirda, telefon yoki boshqa aloqa vositasi (telegramma, xat) orqali dekanatni xabardor qiladi.