Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yaponiyaning JDS dasturi orqali magistraturada tahsil olish imkoniyati

JDS (Inson resurslarini rivojlantirish uchun stipendiya) dasturi O‘zbekistonda 1999-yildan beri amalga oshirilmoqda. Hozirgi kunga qadar ushbu dastur orqali 425 nafar stipendiat Yaponiyada tahsil olgan. Dastur 2025-2027 o‘quv yillari uchun Yaponiyaning turli universitetlarida ingliz tilida olib boriladigan 2 yillik magistratura dasturlarida qatnashish uchun nomzodlarni qabul qiladi. Har yili 18 nafar ishtirokchi yuborilishi rejalashtirilgan.

 

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

Yosh: 2025-yil 1-aprel holatiga ko‘ra 25 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi (1984-yil 2-apreldan 2000-yil 1-aprelgacha tug‘ilganlar).

Ma’lumoti: O‘zbekiston hukumati tomonidan tan olingan universitetning bakalavr darajasiga ega bo‘lishi.

Ish tajribasi: Hozirda maqsadli tashkilotlarda to‘liq stavkada ishlayotgan bo‘lishi va ariza topshirish vaqtida ushbu tashkilotlarda kamida 2 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi.

Ingliz tili darajasi: Ingliz tilida yaxshi yozma va og‘zaki ko‘nikmalarga ega bo‘lishi. IELTS 5.5 yoki TOEFL 500-550 darajasi yoki shunga teng daraja ma’qul, lekin majburiy emas.

Ariza topshirish jarayoni:

Arizalar maqsadli tashkilotlar tomonidan tavsiya etilgan nomzodlardan qabul qilinadi. Tavsiya ro‘yxati 2024-yil 31-oktabr, soat 17:00 ga qadar JDS ofisiga elektron pochta orqali yoki shaxsan yetkazilishi lozim.

Tanlov jarayoni:

– Arizalarni qabul qilish va hujjatlarni tekshirish.

– Ingliz tili va matematika bo‘yicha imtihonlar.

– Yapon universitetlari professorlari bilan intervyu.

– Yakuniy tanlov qo‘mitasi tomonidan qaror qabul qilish.

 

👉 Batafsil: havola