2024-yil 16-dekabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida “NUU Public Talks” loyihasi doirasida O’zbekiston Davlat jahon tillari universiteti talabasi Aktamova Nargis tomonidan Barqaror rivojlanishda notiqlikning roli mavzusida seminar o’tkazildi.
Tadbir davomida notiqlik san’atining jamiyatda tutgan o‘rni va barqaror rivojlanishga qo‘shadigan hissasi atroflicha muhokama qilindi. Notiqlik nafaqat shaxsiy rivojlanishga, balki jamoaviy ishonchni shakllantirish va muhim ijtimoiy masalalarni hal qilishga ham xizmat qilishi ta’kidlandi.
“Notiqlik – nafaqat muloqot san’ati, balki jamiyatda muammolarni yechish va barqaror kelajak qurish uchun zarur ko‘nikmadir” – Aktamova Nargis.”
Tadbir ishtirokchilari notiqlik san’atini o‘zlashtirish usullari, auditoriya bilan samarali muloqot qilish va ishonchli nutq tuzish bo‘yicha qimmatli maslahatlar bilan bo‘lishdilar.
Shuningdek, so‘zlash qobiliyatini rivojlantirish jarayonida duch keladigan asosiy muammolar – o‘ziga ishonchsizlik, ijtimoiy to‘siqlar va tajribaning yetishmasligi kabi masalalarga ham e’tibor qaratildi. Ushbu muammolarni yengib o‘tish uchun amaliy usullar va texnikalar taklif qilindi.
“O’zMU Strategik rivojlanish va xalqaro reyting bo‘limi mutaxassisi Alijon Oripovning “NUU Public Talks” loyihasi barqaror rivojlanish maqsadlarini ilgari surish, yoshlarni global masalalarda faol ishtirok etishga undash va ularning notiqlik, tanqidiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan.
“NUU Public Talks” loyihasi yoshlarni qiziqtiruvchi mavzularni muhokama qilish, bilim va tajriba almashish hamda jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun platforma yaratishda davom etmoqda.”
Tadbir davomida qatnashchilar o‘z tajribalarini bo‘lishish bilan birga, savol-javoblar orqali mavzuni yanada chuqur o‘rganishga muvaffaq bo‘ldilar. Tadbir so‘nggida amaliy mashg‘ulotlar ham o‘tkazildi. Ishtirokchilar o‘zlarining nutqiy ko‘nikmalarini sinab ko‘rib, notiqlik uslublari bo‘yicha amaliy maslahatlar oldilar.
Xalqaro aloqalar bo`limi