Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Sharipov Jasurbek Ikromiddin o’g’li

 


O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti Amaliy matematika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

✔️Yutuqlari:

➖2024-2025-o‘quv yilda Ulug’bek nomli davlat stipendiyasi sohibi.

➖2024-yil sentabr oyida bo’lib o’tgan O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankining maxsus stipendiyasida 1-bosqichda g’olib bo’lib keyingi bosqichning faol ishtirok etgan.

➖2024-yilda O’zbekiston Milliy universitetida tashkillashtirilgan «Axborot xavfsizligi» sohasida o’tkazilgan olimpiada faol ishtirok etgan.

➖2024-yilda Mirzo Ulug’bek vorislari o’quv kursi (Data science) uchun o’tkazilgan bellashuvda universitet g’olibi bo’lgan.

➖2024-yil Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Yoshlar akademiyasi, V.I.Romanovskiy nomidagi Matematika Instituti hamda KHISO olimpiada maktabi hamkorligida matematika fanidan o’tkazilgan talabalar olimpiadasida sovrindor bo’lgan.

➖2024-yilda O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining «Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va maʼlumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida»gi qonuniga asosan 2 ta guvohnoma sohibiga aylangan.

➖2023-yil O‘zbekiston Milliy universiteti Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakultetida o’tkazilgan «Dasturlash» olimpiadasi ishtirok etgan.

➖2023-yil O’zbekiston Milliy universitetining iqtidorli talaba-yoshlari o’rtasida o’tkazilgan «Zakovat» ko’rik tanlovida universitet miqyosida 1-o’rinni egallagan.

➖2022-yil mart oyida O’zbekiston Milliy universiteti talabalari o’rtasida o’tkazilgan sport turnirlarida sportning «Voleybol» turi bo’yicha universitetda 1-o’rinni va sportning «Armwrestling» turi bo’yicha 4-o’rinni egallagan.

➖ 20 dan ortiq diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

📘Ilmiy ishlari:
10 ga yaqin maqola, tezis va patentlari OAK ro‘yxatidagi jurnallar, xorijiy jurnallar, Respublika konferensiyalarida chop etilgan.
Ingliz tili bo’yicha IELTS 6.0 darajaga ega.