Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Eraliyeva Ozoda Muhammadali qizi

 


O‘zbekiston Milliy universiteti matematika fakulteti, matematika yo‘nalishi 4-bosqich talabasi

✔️Yutuqlari:

➖2024-2025-o‘quv yilda Ulug’bek nomli davlat stipendiyasi sohibasi.

➖ 2024-yil 17-oktabr kuni Markaziy bank tomonidan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalar orasidan iqtidorli, bilimli va umidli kadrlarni saralash, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Markaziy bankning maxsus stipendiyasi sovrindori.

➖ 2024-yil 11-iyul kuni Asakabank AJ tomonidan ta’sis etilgan «Yosh matematik» stipendiyasi sovrindori

➖ 2024-yil 10-mart kuni õtkazilgan «Registon IELTS Granti» loyihasidan sertifikat sohibi

➖ 2022-yil Registon o’quv markazi va Oliygoh platformasi tomonidan talabalar uchun tashkil etilgan «Registon stipendiyasi» respublika bosqichi sovrindori

➖ 2021-yil KIUF olimpiadasi 1-õrin sovrindori va 12 800$ lik grant sohibasi

➖Matematika fanidan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ta’sis etilgan sertifikat sohibi

➖Bir qancha olimpiadalar qatnashchisi

➖ 10 dan ortiq diplom, sertifikat va tashakkurnomalar bilan taqdirlangan.

📘Ilmiy-uslubiy ishlari:
6 ta ilmiy maqola va tezislari turli xalqaro va respublika jurnallari va konferensiyalarida chop etilgan.

➖ Ingliz tilidan IELTS xalqaro sertifakatidan 6.0 ball

➖ Ingliz tili fanidan Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan ta’sis etilgan sertifikat sohibi B2