Organik kimyo kafedrasi universitetda dastlabki tashkil etilgan kafedralardan biri hisoblanadi (1921 y.). Kafedraga 1921-1930-yillarda prof. Naumov S.N., 1931-1967-yillarda O‘zR FA akademigi Sukervanik I.P. rahbarlik qilgan. Akademik Sukervanik I.P. organik kimyo sohasida ishlagan yirik olim bo‘lib, u kafedraning ilmiy yo‘nalishi-aromatik birikmalar va ularning hosilalarini alkillash va atsillash bo‘yicha dunyoga mashhur maktab yaratgan. I.P. Sukervanik vafotidan keyin kafedraga prof. Abdurasuleva A.R. (1967-1984 y.y.), so‘ngra prof. Yuldashev X.Y. (1984-1992 y.y.), professor Ahmedov Q.N. (1992- 2007 y.y.), dos. Tojimuhamedov H.S. (2007-2013 y.y.), k.f.n. U.Ch. Axmedov (2013-2015 y.y.), dos. Tojimuhamedov H.S. (2015-2017 y.y.) kafedraga rahbarlik qilgan.
2024-yil 1-noyabrdan kafedra tarkibiga neft va gaz yo‘nalishi ham qo‘shilishi munosabati bilan kafedra “Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi” deb nomlana boshlandi. Hozirgi kunda kafedraga k.f.d. T.S. Xoliqov rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda organik va neft-gaz kimyo kafedrasida prof. Abdushukurov A.K., dotsent Tojimuhamedov H.S., prof. Nurmanov S.E., prof Arslanov Sh.S., prof. Yuldasheva M.R., prof. Xoliqov T.S., k.f.d. Mamatqulov N.N., k.f.d. Parmanov A.S., k.f.d. Qodirov O.Sh., dotsentlar Azimova G.Z., Sapayev F.A., PhD Yodgorov Ch.G‘., Islomova Yu.O‘., Abdullayev J.lar faol mehnat qilmoqdalar. Kafedrada ishlayotgan professor-o‘qituvchilar shu maktab ishlarini davom ettiruvchilaridir. Kafedra jamoasi yuqori saviyada o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar olib borishi bilan birga organik kimyoning ustivor yo‘nalishi bo‘lgan aromatik uglevodorodlar va ularning funksional hosilalarini, katalitik miqdordagi katalizatorlar ishtirokida alkillash va atsillash reaksiyalari ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar


