Kafedra mudiri

XOLIKOV TURSUNALI SUYUNOVICH
XOLIKOV TURSUNALI SUYUNOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

       Organik kimyo kafedrasi universitetda dastlabki tashkil etilgan kafedralardan biri hisoblanadi (1921 y.). Kafedraga 1921-1930-yillarda prof. Naumov S.N., 1931-1967-yillarda O‘zR FA akademigi Sukervanik I.P. rahbarlik qilgan. Akademik Sukervanik I.P. organik kimyo sohasida ishlagan yirik olim bo‘lib, u kafedraning ilmiy yo‘nalishi-aromatik birikmalar va ularning hosilalarini alkillash va atsillash bo‘yicha dunyoga mashhur maktab yaratgan. I.P. Sukervanik vafotidan keyin kafedraga prof. Abdurasuleva A.R. (1967-1984 y.y.), so‘ngra prof. Yuldashev X.Y. (1984-1992 y.y.), professor Ahmedov Q.N. (1992- 2007 y.y.), dos. Tojimuhamedov H.S. (2007-2013 y.y.), k.f.n. U.Ch. Axmedov (2013-2015 y.y.), dos. Tojimuhamedov H.S. (2015-2017 y.y.) kafedraga rahbarlik qilgan.
      2024-yil 1-noyabrdan kafedra tarkibiga neft va gaz yo‘nalishi ham qo‘shilishi munosabati bilan kafedra “Organik va neft-gaz kimyo kafedrasi” deb nomlana boshlandi. Hozirgi kunda kafedraga k.f.d. T.S. Xoliqov rahbarlik qilib kelmoqda.
Hozirgi kunda organik va neft-gaz kimyo kafedrasida prof. Abdushukurov A.K., dotsent Tojimuhamedov H.S., prof. Nurmanov S.E., prof Arslanov Sh.S., prof. Yuldasheva M.R., prof. Xoliqov T.S., k.f.d. Mamatqulov N.N., k.f.d. Parmanov A.S., k.f.d. Qodirov O.Sh., dotsentlar Azimova G.Z., Sapayev F.A., PhD Yodgorov Ch.G‘., Islomova Yu.O‘., Abdullayev J.lar faol mehnat qilmoqdalar. Kafedrada ishlayotgan professor-o‘qituvchilar shu maktab ishlarini davom ettiruvchilaridir. Kafedra jamoasi yuqori saviyada o‘quv, o‘quv-uslubiy ishlar olib borishi bilan birga organik kimyoning ustivor yo‘nalishi bo‘lgan aromatik uglevodorodlar va ularning funksional hosilalarini, katalitik miqdordagi katalizatorlar ishtirokida alkillash va atsillash reaksiyalari ustida ilmiy tadqiqot olib bormoqdalar

 

Kafedra tarkibi

ARSLANOV SHARAFUTDIN SULTANOVICH

Arslanov Sharafutdin Sultanovich

Professor

Batafsil
NURMANOV SUVANKUL ERXANOVICH

Nurmanov Suvankul Erxanovich

Professor

Batafsil
ABDUSHUKUROV ANVAR KABIROVICH

Abdushukurov Anvar Kabirovich

Professor

Batafsil
YULDASHEVA MUXABBAT RAZZOQBERDIYEVNA

Yuldasheva Muxabbat Razzoqberdiyevna

Professor

Batafsil
MAMATKULOV NEMATILLO NARZULLAYEVICH

Mamatkulov Nematillo Narzullayevich

Dotsent

Batafsil
TADJIMUXAMEDOV XABIBULLA SAYFULLAYEVICH

Tadjimuxamedov Xabibulla Sayfullayevich

Dotsent

Batafsil
SAPAYEV FRUNZA ADOMBOYEVICH

Sapayev Frunza Adomboyevich

Dotsent

Batafsil
KODIROV ORIFJON SHARIPOVICH

Kodirov Orifjon Sharipovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Parmanov Askar Basimovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ABDULLAYEV JAHONGIR UROZALI O‘G‘LI

Abdullayev Jahongir Urozali o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ABDURAXMANOVA SAIDA SABIDOVNA

Abduraxmanova Saida Sabidovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
YODGOROV CHINMUROT G‘ULOMOVICH

Yodgorov Chinmurot G‘ulomovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
AZIMOVA GUL’MIRA ZAYNIDDINOVNA

Azimova Gul’mira Zayniddinovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ISLOMOVA YULDUZ O‘ROLOVNA

Islomova Yulduz O‘rolovna

Katta o‘qituvchi

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Kafedra ilmiy tadqiqot yo‘nalishi aromatik va geterotsiklik birikmalarnining turli hosilalarini sintez qilish va ularning xossalarii o‘rganish, atsetilen asosida atsetilen spirtlari, karbon kislota vinil efirlari sintezi, Neft-gaz sanoati ikkilamchi mahsulotlarini qayta ishlash, organik moddalar bilan ifloslangan sanoat suvlarini tozalash ustida ilmiy izlanishlar olib borishga qaratilgan. Kafedra xodimlari tomonidan oxirgi yillarda yuqori impakt faktorli xalqaro jurnallarda 50 dan ortiq maqolalar chop etilgan. 5–ta ilmiy ixtirolar uchun patentlar olingan. Kafedra olimlari respublikamizdagi turli korxonalar, jumladan “Sho‘rtan gaz kimyo majmuasi”, “Uzbekistan GTL”, Ifoda agrokimyo korxonalari muammolari ustida ilmiy izlanishlar olib bormoqda

Xalqaro hamkorlik

  • Kafedra olimlari Yaponiyaning Kyushi universiteti (prof Koxei Torikai),
  • Osaka universiteti (professor Xidexiro Sakurai),
  • Xitoy FA Shinjon fizika kimyo ilmiy tadqiqot instituti (professor Hoji Akbar Aysa),
  • M. Avezov nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti (dotsent A.K. Umbetova),
  • Qozog‘iston Milliy tibbiyot universiteti (dotsent G.U. Begimova),
  • Xitoyning Tiangong universiteti (Jinxiang Low) va Xitoyning fan va texnologiyalar universiteti (Ning Zhang),
  • Polshaning Lodz Politexnika universiteti (Tomash Maniyeski) va Gdansk universiteti (Monika Vilamovska),
  • Belorus radioelektronika va informatika universiteti (Viktor Borisenko),
  • Moskva Davlat universiteti (V.G.Nenaydenko),
  • Pokiston fan va texnologiyalar universiteti (Sadio Ata), Ozorboy universiteti (Akif Aliyev)

Qozog‘iston Milliy universiteti dotsenti A.K. Umbetova va doktorant M.D. Dauletova bilan fakultet talabalarining uchrashuvi.


Yaponiyaning Kyushi universiteti professori Koxei Torikai va ushbu universitet magistranti M. O‘ktamova talabalar bilan Yaponiya ta’lim tizimi mavzusidagi davra suhbatida.


Yaponiyaning Osaka universiteti professori Xidexiro Sakurai bilan uchrashuv.