Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

O‘zbekiston Milliy universitetida Maxtumquli Firog‘iy ijodi va falsafasiga bag‘ishlangan konferensiya bo‘lib o‘tdi

Bugun, 16-oktyabr kuni O‘zbekiston Milliy universitetida Turkmanistonning O‘zbekiston Respublikasidagi elchixonasi tomonidan universitet bilan hamkorlikda “Mahtumquli – dunyo mutafakkiri va uning falsafasining bugungi kundagi ahamiyati” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur anjumanda O‘zbekiston Milliy universiteti rektori Inom Madjidov, Turkmanistonning O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Shadurdi Meredov, diplomatik korpus vakillari, olimlar, o‘qituvchilar, talabalar, shuningdek, adabiyotshunoslik va madaniyatlararo muloqot sohasidagi ekspertlar ishtirok etdi.

Konferensiyada O‘zbekiston Respublikasi Millatlararo munosabatlar va xorijdagi vatandoshlar masalalari bo‘yicha qo‘mitasi Bekzod Shukurov, O‘zbekistondagi Respublika turkman milliy madaniy markazi raisi o‘rinbosari Mametnazar Nazarov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining birinchi o‘rinbosari Minhojiddin Mirzo, Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti professori Bahodir Karimov va boshqa mehmonlar ishtirok etib, ma’ruza qilishdi.

Insonparvarlik merosi zamonaviy dunyo uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan buyuk turkman shoiri va faylasufi Maxtumquli Firog‘iy tadbir qatnashchilarining diqqat markazida bo‘ldi. Turkmaniston Prezidenti Serdar Berdimuhamedovning shoirning tinchlik, adolat va o‘zaro hurmat haqidagi dolzarb g‘oyalari aks etgan “Mahtumquli – tinchlik mutafakkiri” kitobiga alohida e’tibor qaratildi.

Ma’ruzachilar Maxtumquli ijodi butun turkiy dunyoning qimmatli ma’naviy merosi ekanligini, uning falsafasi millatlararo tushunish va madaniy hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishini ta’kidladilar. Shuningdek, Turkmaniston va O‘zbekiston xalqlari o‘rtasidagi tarixiy va ma’naviy aloqalar, jumladan, Mahtumqulidan Alisher Navoiygacha bo‘lgan adabiy an’analarning mushtarakligi ta’kidlandi.

Konferensiya ilmiy muloqot, fikr almashish va zamonaviy global muammolar sharoitida insonparvarlik qadriyatlarining rolini o‘rganish maydoniga aylandi.

O’zMU Axborot xizmati