Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Bugun, 30-yanvar kuni O‘zbekiston Milliy universitetida yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatchilikka qarshi kurashish hamda uning oldini olishga qaratilgan profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Unda universitet rahbariyati, tegishli bo’limlar mas’ullari, yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha dekan o’rinbosarlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni universitet birinchi prorektori Jabbor Muhammadiyev kirish so‘zi bilan ochib berdi hamda o‘z nutqida raqamli muhitda xavfsizlikni ta’minlash, yoshlar orasida kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri ekanini ta’kidladi.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi magistraura tinglovchisi, podpolkovnik Qahramon Ergashev tomonidan kiberjinoyatchilik bilan bog‘liq dolzarb masalalar yuzasidan atroflicha ma’lumotlar berildi. Shuningdek, kiberxavfsizlikni ta’minlash, korrupsiyaviy va huquqbuzarlik holatlarining oldini olishda raqamli nazorat mexanizmlarining ahamiyati, shuningdek, yoshlarning huquqiy mas’uliyatini oshirish masalalari bo‘yicha fikr-mulohazalar bildirildi.

Tadbir davomida mavzu yuzasidan keng qamrovli tushuntirishlar berilib, talabalarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar qaytarildi.