
Unga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti o‘tgan yilgi natijalariga nisbatan 61 pog‘onaga yuqorilab, dunyoning eng nufuzli oliy ta’lim muassasalari orasida 711-o‘rinni egalladi. Mazkur natija universitetning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligi va ilmiy-ta’lim salohiyati tobora ortib borayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.
Shuningdek, O‘zbekiston Milliy universiteti RUR reytingida O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari orasida 1-o‘rinni egallab, mamlakatning yetakchi universiteti maqomini mustahkamladi.
Ma’lumot uchun, “Round University Ranking” (RUR) 2010-yildan buyon dunyoning yetakchi universitetlarini baholab kelayotgan nufuzli xalqaro reyting tizimlaridan biri hisoblanadi. Reytingda oliy ta’lim muassasalari ta’lim sifati, ilmiy-tadqiqot faoliyati, xalqaro integratsiya va moliyaviy barqarorlik kabi to‘rtta asosiy yo‘nalish hamda 20 ta mezon asosida baholanadi.
Bugungi natija O‘zbekiston Milliy universitetida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, ilmiy tadqiqotlar sifati, xalqaro hamkorlik ko‘lamining kengayishi hamda professor-o‘qituvchilar va talabalarning fidokorona mehnati samarasidir. Universitet bundan buyon ham xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlash va dunyoning eng ilg‘or oliy ta’lim muassasalari qatoridan munosib o‘rin egallash yo‘lida faoliyatini davom ettiradi.