O‘ZMU VAKILLARI RESPUBLIKA TANLOVLARIDA SOVRINDORLAR QATORIDA!

“Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovi hamda “Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovining 1- va 3-mavsum yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Milliy universiteti professor-o‘qituvchisi, talabalari va magistrantlari munosib natijalarni qo‘lga kiritdi.
G‘olib va sovrindorlar:

“Islohotlar bilimdoni” respublika ko‘rik-tanlovi:

2-o‘rin — Kamoliddin Mirzaaxmedov, Ijtimoiy fanlar fakulteti Siyosatshunoslik kafedrasi professori (“Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi” nominatsiyasi).

   

“Kitobxon yoshlar ligasi” tanlovi:

2-o‘rin — Oktyabrov Xidirbek Ulug‘bek o‘g‘li, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 2-kurs magistranti (“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi, 1-mavsum);

4-o‘rin — Jumaniyozova Feruza Jalilboy qizi, Jurnalistika va o‘zbek filologiyasi fakulteti 1-kurs magistranti (1-mavsum);

5-o‘rin — Allambergenova Dilbar Jalg‘asbay qizi, Amaliy matematika va intellektual texnologiyalar fakulteti 4-kurs talabasi (3-mavsum).

O‘zbekiston Milliy universiteti jamoasi barcha sovrindorlarni erishgan natijalari bilan samimiy muborakbod etadi hamda kelgusi faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaydi!