2026-yil 20–21-noyabr kunlari Turkiya Respublikasining Anqara shahrida Turkiya Fanlar akademiyasi (TÜBA) va Gazi universiteti hamkorligida “Bobur va uning merosi: Boburning Hindistonda hokimiyatga kelganining 500 yilligiga bag‘ishlangan simpozium” (“Babür Şah ve Mirası: Hindistan’da İktidara Gelişinin 500. Yıl Dönümü Sempozyumu”) bo‘lib o‘tmoqda.

Nufuzli xalqaro ilmiy anjumanda «Arxivshunoslik va manbashunoslik» kafedrasi professori (v.b.) Sh.Sh. Choriyev o’z ma’ruzasi bilan ishtirok etmoqda.
Simpoziumda jahonning turli mamlakatlardan kelgan olimlar Zahiriddin Muhammad Boburning hayoti va faoliyati, uning ilmiy-adabiy merosi hamda Boburiylar davlatining tarixiy ahamiyatini muhokama qilmoqda.
Professorimizga ilmiy faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilaymiz!