A.X.To‘xtasinov – Kafedra mudiri
100174 Toshkent shahar Olmazor tumani, Universitet ko’chasi 4-uy
Chorshanba-Juma, 15:00 – 17:00
71 227-15-46
E-mail: axmad326@mail.ru
1966- yildagi Toshkent zilzilasidan so’ng Fanlar Akademiyasi taklifi bilan va O‘zbekiston Respublikasi rahbariyatining qaroriga ko‘ra 1968-yilda Geologiya fakultetida «Geofizikaviy tadqiqot usullari» kafedrasi qayta tashkil etildi. 1968-yildan 1993-yilga qadar kafedraga Davlat mukofoti laureati, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan geolog, g-m.f.d. professor B.B.Tal-Virskiy rahbarlik qilgan. 1993-1999 yilga qadar Beruniy nomidagi Davlat mukofoti laureati g-m.f.n. dotsent X.O.Otaboyev rahbarlik qilgan. 1999-yildan 2010-yilgacha g-m.f.d. dotsent Sh.S.Radjabov rahbarlik qilgan. 2010-yildan 2023-yilgacha g-m.f.d. dotsent D.X.Atabayev rahbarlik qilgan 2023-yildan boshlab kafedraga g-m.f.f.d. (PhD) A.X.To‘xtasinov rahbarlik qilmoqda.
Kafedraning asosiy yo’nalishi bo’yicha ta’lim sohasidan tashqari, katta miqyosda ilmiy ishlar ham olib boriladi. Geofizika sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish uchun “Xududiy va qidiruv geofizikasi” va “Tajribaviy va amaliy geofizika” laboratoriyalari tashkil etilgan. Xo’jalik shartnomalar asosida ushbu laboratoriyalarda olib borilgan ishlar hajmi bo’yicha Universitetda yetakchi o’rinlarni egallab kelgan. Kafedraning ilmiy tadqiqot ishlari asosan uchta yo’nalish bo’yicha olib boriladi. Birinchisi – geodinamika, seysmiklik va litosferaning chyuqurlikdagi tuzilishi. Ikkinchi – hozirgi kunda rivojlanayotgan yo‘nalish – bu strukturaviy geofizika va neftgazdor xududlarni geofizik usullar bilan o‘rganish. Uchinchi yo’nalish – muxandislik geofizikasi va seysmomikrorayonlashtirish (SMR). Kafedra a’zolari xalqaro Pomir-Himolay loyihasini bajarishda Rossiya, Hindiston, Pokiston va Italiya geofiziklari bilan xamkorlikda faol ishtirok etgan. Universitet tomonidan bu loyihani bajarishda ilmiy rahbarlikni professor B.B.Tal-Virskiy olib borgan. 1970 yildan bo’shlab kafedra a’zolari xalqaro ELAS (astenosferaning elektr o’tkazuvchanligi) loyihasini amalga oshirmoqda. 2001-2003 yy. dotsent X.O.Otaboyev rahbarligida “Paleorift” xalqaro loyihasi amalga ochirildi. Bunda Buxoro-Xiva neftgazdorlik viloyatining cho’kindi qoplamasi MOVZ usullari bilan o’rganildi. 2005-2014 yy. D.X.Atabaev rahbarligida “Oʻzbekgeofizika” AJ xoʻjalik shartnomalarti asosida Surxondaryo, Qashqadaryo va Zarafshon botiqliklarining chuqurlik tuzilishi bo’yicha ishlar bajarildi. Ishlar natijalariga bo’yicha neftgazdor strukturalarning regional prognozi amalga oshirildi. 2017-yilda NKMK bilan tuzilgan xo’jalik shartnomasi bo’yicha Muruntau karyeridan rudalarni chiqarish uchun quriladigan tunnelni xavfsizligini ta’minlash maqsadida, uning bo’rtlaridagi yer yoriqlari aniqlandi va o’rganib chiqildi.
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI TARKIBI
Fan doktorlari 3 nafar
Fan nomzodlari 3 nafar
PhD 4 nafar
Ilmiy darajasi yo’q o’qituvchilar 10 nafar
Jami o’qituvchilar 20 nafar.
Geofizikaviy tadqiqot usullari kafedrasi O‘zbekiston Respublikasining ilmiy va ishlab chiqarish tashkilotlari uchun keng profildagi “60530500 – Geologiya (Geofizika)” hamda “60531300 – Seysmologiya va Seysmometriya” yonalishi bo‘yicha kadrlar tayyorlaydi. O‘qishni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar “bakalavr” darajasini oladi. Bakalavriat yo‘nalishi bazasida kafedrada 70530505 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari hamda 70531301 – Seysmologiya va Seysmometriya magistratura mutaxassisliklari ochilgan. Ularda o‘qish muddati 2 yil, o‘qishni tamomlagandan so‘ng “magistr” akademik darajasini oladi. Kafedrada 04.00.06 – Geofizika. Foydali qazilmalarni qidirishning geofizik usullari ixtisosligi bo’yicha tayanch doktorantura ham mavjud.
Geofizikaviy tadqiqot usullari kafedrasida o‘qitiladigan fanlar, bakalavr va magistratura uchun alohida ko‘rinishda
Bakalavriat № Fan nomi Fan haqida qisqacha ma’lumot
1 Geofizika asoslari Geofizika atamasi –“geo”-yer, “fizika”-fizika, ya’ni «Yer fizikasi» degan ma’noni bildiradi. Bu fan yer po‘stida, mantiyada va yadroda bo‘lib o‘tadigan fizik jarayonlar va xar xil tog‘ jinslar va tuzilmalar ta’sirida hosil bo‘lgan fizik maydonlar tuzilishini, kuchlanishini o‘rganadi.
2 Geofizik tadqiqotlar usullari Geofizik tadqiqotlar usullari fani fizik maydonlarni va xodisalarni o‘rganish va tahlil qilish usulluriga asoslangan. Fizik maydonlarni Yer yuzasida, tog‘ qazilmalarida, burg‘i quduqlarida, dengizda, ummonda, atmosfera va kosmosda o‘rganish mumkin.
3 Geologiyada masofaviy tadqiqot usullari va raqamli haritalash Masofadan zondlash-bu tadqiqot obyekti haqida ma’lum bir masofadan havodan yoki koinotdan turib ma’lumotlarni olish usulidir, ya’ni qabul qilishi sezgir apparatlar elementining, tadqiqot obyekti yuzasi bilan bevosita bog‘lanishi va uning tasvirini yoki fizik parametrlari haqida ma’lumot olishdir.
4 Yer fizikasi Yerning ichki tuzilishi, uning xususiyatlari, Yerning asosiy qatlamlari (geosferalar) paydo bo‘lish jarayonlari va ularning kelajakda rivojlanishini o‘rganish imkoniyatini o’rganuvchi fundamental fandir.
5 Seysmotomografiya Yerning fizik maydonlari va ularni aniqlovchi parametrlarini, seysmorazvedkaning to‘g‘ri va teskari vazifalar to‘g‘risida tushunchalarni, tog‘ jinslarning fizik xossalari va geologik ob’yektlarning xodisaviy tavsifnomalar bilan bog‘liqligini, seysmorazvedka dala ishlarini o‘tkazish uslublari va olingan ma’lumotlarni talqin qilish masalalarini tahlil qilishdir.
6 Yadroviy geofizika Yadroviy geofizika-geologik tuzilishi va tog‘ jinslarining kimyoviy tarkibini o‘rganishda radioaktiv parchalanish xodisalariga asoslangan fizik usullardir.
7 Geofizik ma’lumotlarni komplekslash interpretatsiyalash Zamonaviy geologik qidiruv ishlari murakkab jarayon bo‘lib, bir qator ketma-ket tadqiqot bosqichlarini tashkil etadi. Xar bir tadqiqot bosqichida foydali qazilmalarni joylashish qonunyatlarini o‘rganish va sanoatga yaroqli konlarni topishdagi tayin masalalari geofizik ma’lumotlarni kompleks talqin qilish orqali yechiladi.
8 Burg‘i quduqlarda amaliy geofizika Burg‘i quduqlarda turli fizik maydonlarni o‘rganishga asoslanib, tog‘ jinslarining xususiyatlarini aniqlash va kesimlarni kernsiz geologik hujjatlashtirish usullarni, geologik tuzilishni va tog‘ jinslarining litologik tarkibini o‘rganish va foydali qazilmalarni, ayniqsa neft va gaz konlarini qidirish, hamda shu foydali qazilmalarni ishlab chiqishda geofizik usullarni o‘rganish imkoniyatini beradi.
9 Geofizikaviy usullarni komplekslash Geologik mamsalalarni yechishda turli geofizik tadqiqotlar usullarini qo’llash va o’rganilayotgan ob’yekt haqidagi ma’lumotlarni bir ma’noli yechimga keltirish geofizikaviy usullarni komplekslash orqali amalga oshiriladi.
Magistratura
10 QGT ma’lumotlarni talqin qilish Geologiya fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan, Yer yuzasi, Yer osti tog‘ qazilmalari va quduqlarda olib boriladigan geofizikaviy tadqiqot usullarini qamrab oladi. Geofizik tadqiqot usullari turli fizik maydonlarning o‘zgarishi asosida Yer qa’ridagi nome’yorliklarni aniqlashda va ularni geologik izohlash natijasida turli foydali qazilma konlarini topishga xizmat qiladi. Geofizik tadqiqot usullarini qo‘llanilishi muhim xalq xo‘jalik ahamiyatiga ega, chunki ular Yer qobig‘ining har xil chuqurlikdagi geologik-geofizik tuzilishi haqida va foydali qazilmalarni topishda, boshqa usullar bilan aniqlanmaydigan tabiiy holatida yotgan tog‘ jinslarning fizik xossalari bo‘yicha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
11 Uch o‘lchamli seysmorazvedka Uch o‘lchamli seysmorazvedka fanining zamonaviy nazariy va amaliy yutuqlarini hamda uning alohida bo‘limlari oldida turgan muammolarini o‘rganish bo‘lib, seysmologik tadqiqot ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik muammolarini sintez qila olishdir.
12 Geoelektrika Tog‘ jinslarining elektromagnit xususiyatlari va elektromagnit maydonlar parametrlarni vaqt davomida va fazoda taqsimlanish qonuniyatlarini, hamda turli ilmiy va xalq xo‘jalik masalalarini yechishda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
13 Geofizik ma’lumotlarni kompleks interpretatsiyalash Turli geologik muhitlarni, ularni chegaralarini o‘rganishda geofizik usullar kompleksini qo‘llash, hamda turli geotektonik sharoitlarda olingan geofizik ma’lumotlarni kompleks interpretatsiyalab geologik izoxlashni o‘rgatishdan iborat.
14 Geopotentsial maydonlar Tog‘ jinslarinig zichlik va magnit xususiyatlari gravitatsion va magnit maydonlar parametrlarni vaqt davomida va fazoda taqsimlanish qonuniyatlarini ta’riflab berishni o‘rgatishdan iborat.
15 Seysmik tadqiqot ob’yektlari Turli seysmik to‘lqinlarni hosil bo‘lish sharoitlari, ularni qo‘zg‘atish va qayd qilish usulllari, turli seysmik tadqiqot ma’lumotlarini talqin qilish asosida seysmogeologik model qurish, xulosalar chiqarishni o‘rganishdan iborat.
16 Quduqlarda geofizik tadqiqotlar ma’lumotlarini interpretatsiyalash Geologiya fanining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan, Yer yuzasi, Yer osti tog‘ qazilmalari va quduqlarda olib boriladigan geofizikaviy tadqiqot usullarini qamrab oladi. Geofizik tadqiqot usullari turli fizik maydonlarning o‘zgarishi asosida Yer qa’ridagi nome’yorliklarni aniqlashda va ularni geologik izohlash natijasida turli foydali qazilma konlarini topishga xizmat qiladi. Geofizik tadqiqot usullarini qo‘llanilishi muhim xalq xo‘jalik ahamiyatiga ega, chunki ular Yer qobig‘ining har xil chuqurlikdagi geologik-geofizik tuzilishi haqida va foydali qazilmalarni topishda, boshqa usullar bilan aniqlanmaydigan tabiiy holatida yotgan tog‘ jinslarining fizik xossalari bo‘yicha ma’lumotlarni olishga imkon beradi.
17 Neft va gaz geofizikasi “Neft va gaz geofizikasi” kursi orqali neft, gaz konlari va uyumlarining fizik maydonlarda namoyon bo’lishi qonuniyatlari, ular uyumlarining xosil bo‘lish shart-sharoitlari, geologik-qidiruv ishlari uslublari va shu kabi geofizik tadqiqot ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik masalalarini yechishni o’rganishga xizmat qiladi.
18 Zamonaviy geofizikaning dolzarb muammolari Geofizika fanining zamonaviy nazariy va amaliy yutuqlarini hamda uning alohida bo‘limlari oldida turgan muammolarini o‘rganish bo‘lib, geofizik tadqiqot ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik muammolarni sintez qilish.
19 Markaziy Osiyo geofizik maydonlari va geodinamikasi Markaziy Osiyo xududining Yuqori mantiya va Yer qobig‘i, fundament va chexol jinslarning tuzilishini o‘rganish. Zamonaviy endogen rejimlar, xududning geodinamikasi va evolyutsiyasi, neft va gaz qopqonlarini aniqlashda regional geofizik ma’lumotlarni talqin qilish, geofizik ma’lumotlarni geologik tahlil qilish.
20 Yerni masofaviy zondlash ma’lumotlarini interpretatsiyalash Masofaviy zondlash ma’lumotlarining turlari va ularni geologiya –qidiruv ishlarida qo‘llash asoslarini; masofaviy zondlash ma’lumotlarning qayta ishlash usullarini; masofaviy zondlash ma’lumotlari geologik tahlil qilishni; masofaviy geologik-geofizik ma’lumotlarni kompleks tahlil qilishni va malumotligini baholash.
21 Ekologik geofizika Tabiiy va texnogen geofizik jarayonlar va xodisalar ta’siri ostida geologik muhitdagi o‘zgarishlarni o‘rganishni, hamda litosferaning ekologik barqarorligini baholashning geofizik usullarini aniqlash.
22 Rudali va norudali konlar geofizikasi Rudali va norudali konlar geofizikasi fanining zamonaviy nazariy va amaliy yutuqlarini hamda uning alohida bo‘limlari oldida turgan muammolarni o‘rganish bo‘lib, rudali va norudali konlar geofizikasi ishlarini olib borishdagi ilmiy, dala, sanoat va texnik muammolarini sintez qila olish.
23 Zilzilalar o‘chog‘i mexanizmi Seysmologiyada elastiklik nazariyasini qo‘llanilishi, seysmik asboblarning ishlash asoslari, qayd etish usullari va seysmik kuzatish xizmati, zilzilalar, ularni sababi va ro‘y berishi, zilzila o‘chog‘ining hosil bo‘lishi va uning mexanizmi, zilzila o‘chog‘larining klassifikatsiyasi, tektonik kuchlanishlar maydoni, seysmotektonik potetsial to‘g‘risidagi bilim berish va jarayonlarni tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatishdan iborat.
24 Muxandislik seysmologiyasi Muxandislik seysmologiyasi masalalarini yechishda to‘lqinlarning elastiklik nazariyasini qo‘llanilishi, muxandislik seysmologiyasida qo‘llaniladigan asboblarning ishlash asoslari, qayd etish usullari va seysmik kuzatish xizmati, zilzila ta’sirida bino va inshootlarni o‘zini tutish qonuniyatlari, zilzila kuchi hamda qurilish materiallari tasniflari, yerning makro va mikroseysmik sharoitlari, to‘lqinning so‘nish qonuniyati va oshib borishi to‘g‘risida bilim berish va jarayonlarni tahlil qilish asosida xulosalar chiqarishni o‘rgatadi.
25 Seysmik xavfni va riskni baholash Seysmik rejimning nazariy va fizik asoslari, zilzilalarni qayta ishlash uslublari va seysmologik ma’lumotlarni taxrirlash. Ushbu olingan dalillarni taxlil qilish natijalari asosida seysmik rejimi ta’riflarini xisoblashdan iborat.
26 Seysmotektonika va geodinamika Yerningi geologik evolyutsiyasi, litosfera plitalari tektonikasi Yer tarixidagi tektonik faollik sikllari, hamda turli ilmiy va xalq xo‘jalik masalalarini yechishda ulardan foydalanishni o‘rgatishdan iborat.
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASIDA TAHSIL OLAYOTGAN TAYANCH DOKTORANT VA MUSTAQIL IZLANUVCHILAR
T/r | F.I.SH. | Tayanch doktorant yoki mustaqil izlanuvchi dissertatsiya ishining mavzusi |
1. | Abdullayev Nodirxon Qodirxon o’g’li | Osobennosti rasprostraneniya filnrasnionno-yomkostnix xarakteristik yurskiz terrigennix otlojeniy Dengizkulskogo podnyatiya po geofizicheskim dannim |
2 | Allamberdiyev Iskandar Sunnatullayevich | Uran konlarini qidirishda QGT ma’lumotlarini qayd etish va talqin qilish uslubiyatini takomillashtirish (Markaziy Qizilqum maydoni misolida) |
3 | Muhamedrahimov Chingiz Shermuxamedovich | Janubiy Farg’ona zonasi Yer po’sti kuchlanganlik-deformastiyalanganlik holati |
4 | Gafurova Laylo Gafur qizi | Petrofizicheskie obosnovanie osenki filtrasionno-yomkostnix svoystv I nasishennosti yurskix otlojeniy Barsakelmesskogo progiba (Ustyurt, Uzbekistan) |
5 | Goipov Akrom Bayramovich | Janubiy Tiyon-Shon orogeny kamarining ma’danli konlarini bashoratlash-izlashning kosmostrukturaviy geofizik modellari |
6 | Toshpulatov Farxod Norbayevich | Janubiy O’zbekiston hududida kuchli zilzila o’chog’i zonasining geofizik xususiyatlari |
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI MAHALLIY HAMKORLARI
О‘zbekiston Respublikasi Geologiya fanlari universiteti
• GIDROINGEO DK
• Geologiya va geofizika instituti
• IGIRNIGM DK
О‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi «Ilg‘or texnologiyalar markazi”
О‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi G’.O.Mavlonov nomidagi Seysmologiya instituti
Toshkent Geologiya ekspeditsiyasi
O’zR FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi
“O’zbekgeofizika” AJ
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI MALAKAVIY VA O‘QUV DALA AMALIYOTLARI
Talabalarning dala amaliyoti Geologiya va muhandislik geologiyasi fakulteti 2 kurs talabalarining dala oʼquv amaliyoti Chotqol tizmasining janubiy-gʼarbiy etaklarida, Toshkent shahridan 80 km shimoliy-sharqda joylashgan Oʼzbekiston Milliy universitetining Oqsoq-ota dala oʼquv amaliyoti bazasida oʼtkaziladi. Bu baza oʼzining chiroyli tabiat manzaralari bilan hamda geologik strukturalarning barcha turlari ochiq xolda mavjudligi rivojlanganligi tufayli Respublikamizda tengi yoʼq hudud hisoblanadi. Unda turli choʼkindi, magmatik va kontakt metamorfizmi jinslari keng tarqalgan, fundamentni tashkil etuvchi paleozoy yotqiziqlari va paleozoy strukturalari hamda ularni qoplab yotuvchi mezo-kaynozoy hosilalari rivojlangan. |
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI PROFESSOR- O’QITUVCHLAR TARKIBI
Tartib raqami | Familya ismi sharifi | Ilmiy unvoni, darajasi |
1. | To‘xtasinov Axmadjon Xasanjon o‘g‘li | kafedra mudiri, 2017 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. 2023 yilda geologiya-mineralogiya fanlari falsafa doktori darajasini olgan. “Geofizika asoslari”, “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruza, seminar mashg‘ulotlarini olib boradi. |
2 | Atabaev Dilshot Xusainbayevich | geologiya-mineralogiya fanlari doktori, dotsent, 1985 yil Toshkent Davlat universitetining Geologiya fakultetini tamomlagan. 2010 yil geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi darajasini olgan. 2020 yil geologiya-mineralogiya fanlari doktori darajasini olgan. Xozirgi kunda kafedra professor v.b .(DSc) |
3 | Xusanbaev Davron Djuraevich | geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi, dotsent v.b., 1984 yil Toshkent Davlat universitetining Geologiya fakultetini tamomlagan. 1992 yil geologiya-mineralogiya fanlari nomzodi darajasini olgan. “Yer fizikasi”, “Geofizik ma’lumotlarni komplekslash” kurslari bo‘yicha bakalavriatura va magistratura talabalariga ma’ruzalar o‘qiydi |
4 | To‘xtameshov Fayzullo G‘ulomjon o‘g‘li | katta o‘qituvchi, 2016 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizikaviy tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruza va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
5 | Meliboyev Baxodir Fayzulloyevich | o‘qituvchi, 2016 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya fakultetini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari” kursi bo‘yicha bakalavriatura talabalariga ma’ruza, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
6 | Ziyabov Shoxrux Rustamjon o‘g‘li | – o‘qituvchi, 2019 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geologiya va geoinformatsion tizimlar” fakultetini tamomlagan. “Geofizik tadqiqot usullari”, “Elektrotomografiya” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
7 | Qodirov Musurmonqul Muzaffarjon o‘g‘li | o‘qituvchi, 2020 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti “Geologiya va geoinformatsion tizimlar” fakultetini tamomlagan. “Seysmologiya va seysmometriya”, “Geofizik tadqiqot us6ullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
8 | Ergashev Abbos Jamol o‘g‘li | — o‘qituvchi, 2021 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetini tamomlagan. “Geofizika asoslari va geokimyo”, “Geofizik tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy, seminar va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
9 | Majidova Shirinbonu Mansurjon qizi | Stajor-o’qituvchi, , 2021 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetini tamomlagan. “Geofizikaviy tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
10 | Amirqulov Jalil Jumaboy o’g’li | Stajor-o’qituvchi, 2022yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetini tamomlagan. “Geofizikaviy tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
11 | Jovliyev Xamid Shavkat o’g’li | Stajor-o’qituvchi, , 2022 yilda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Geologiya va geoinformatsion tizimlar fakultetini tamomlagan. “Geofizikaviy tadqiqot usullari” kurslari bo‘yicha bakalavriatura talabalariga amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarini olib boradi. |
GEOFIZIKAVIY TADQIQOT USULLARI KAFEDRASI FILIALLARI
О‘zR Innovatsion rivojlanish vazirligi «Ilg‘or texnologiyalar markazi”
О‘zR FA G’.O. Mavlonov nomidagi “Seysmologiya instituti”
O’zR FVV “Seysmoprognostik monitoring Respublika markazi”
“O’zbekgeofizika” AJ
KAFEDRA TARKIBI
T/R | Familya ismi sharifi | Elektron pochta |
1 | To’xtasinov Axmadjon Xasanjon o’g’li | axmad326@mail.ru |
2 | Atabayev Dilshot Xusainbayevich | atabaev_d@mail.ru |
3 | Xusanbayev Davron Djo’rayevich | shark_24@mail.ru |
4 | Hamidov Lutfulla Abdullayevich | xamidov@gmail.com |
5 | Ziyabov Shoxruh Rustamjon o’g’li | sziyabov92@gmail.com |
6 | Abdullayev Nodirxon Qodirxon o’g’li | Khon.abdullaev@gmail.com |
7 | Allamberdiyev Iskandar Sunnatilla o’g’li | Iskandarallamberdiyev23@gmail.ru |
8 | Qodirov Musurmonqul Muzaffarjon o’g’li | musulmonqodirov69@gmail.com |
9 | Ergashov Abbos Jamol o’gl | abbosxon@mail.ru |
10 | To’xtameshov Fayzulla G’ulomjon o’g’li | maxturon@mail.ru |
11 | Meliboyev Bahodir Fayzullayevich | boxodirm@mail.ru |
12 | Rajabov Shuxrat Sayfullayevich | radjabovs@mail.ru |
13 | Alimuhamedov Ilhom Mizratovich | Ilhom75@mail.ru |
14 | Zakirov Azamat Shuxratovich | azamatzakirov@mail.ru |
15 | Shukurov Zuxriddin Fazliddinovich | zukhriddin85@mail.ru |
16 | Yanbuxtin Ilyas Rustamovich | ilyas_7@mail.r |
17 | Yadigarov Eldor Maxmadiyorovich | yadigarov1987@mail.ru |
18 | Majidova Shirinbonu Mansurjon qizi | sultanmurodova@gmail.com |
19 | Amirqulov Jalil Jumaboy o’g’li | amirqulov_j@gmail.com |
20 | Jovliyev Xamid Shavkat o’g’li | hamidjovliyev110@gmail.com |