O’zMU doktoranti A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya institutida

El-yurt umidi jamg‘armasi tomonidan o‘tkazilgan tanlovda g‘olib bo‘lgan O’zMU Biologiya fakulteti doktoranti Axmedova Saidaxon Ergash qizi hozirgi kunda Belarus davlat universitetining A.D.Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya institutida stajirovka o‘tamoqda. Stajirovka mobaynida “Mitoxondriya modelida o‘simlik polifenollarining membranafaol xossalarini o‘rganish” mavzusida tadqiqot ham olib bormoqda.
Qisqa vaqt mobaynida eksperiment qismini maʼlum darajada bajarib, A.D. Saxarov nomidagi Xalqaro davlat ekologiya instituti taʼlim muassasasi tashkil topganining 30 yilligiga bag‘ishlab 9-20 mayda o‘tkazilayotgan “Сахаровские чтения 2022 года: экологические проблемы XXI-го века” nomli XXII Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasiga ilmiy ishidan olingan natijalari topshirildi.

O’zMU Axborot xizmati