Buyuk Britaniyaning Norvich Til Taʼlimi Instituti (Nile) Vakillari Online Uchrashuv
2022 yilning 30-may kuni Buyuk Britaniyaning Norvich til taʼlimi instituti (NILE) vakillari Rob Lyuis va Аlison Leyk bilan onlayn uchrashuv boʼlib oʼtdi. Uchrashuvda OʼzMU professor-oʼqituvchilar uchun stajirovka tashkil etish xususida muzokara olib borildi.
Endilikda – 2022-2023 oʼquv yilidan boshlab OʼzMU professor-oʼqituvchilari imtiyozli ravishda Norvich til taʼlimi institutiga qabul qilinadi. Shu bilan birga, Norvich til taʼlimi instituti partnyorlari bilan hamkorlikda OʼzMU talabalari uchun chuqurlashtirilgan ingliz tiliga yoʼnalitirilgan yozgi maktablar tashkil etishda ham amaliy yordam koʼrsatishini bildirib oʼtdi.
O’zMU yosh olimlari xorijiy tashkilotlarda stajirovkada
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakulteti Fakultetlararo ingliz tili kafedrasi stajor-o‘qituvchisi Tursunova Sohiba Safarzoda Innovatsion rivojlanish agentligi tomonidan e’lon qilingan “Yosh olimlarni xorijiy tashkilotlarga qisqa muddatli stajirovkalarga yuborish” bo‘yicha tanlovda g‘olib bo‘lib, 2023 yilging aprel-may oylarida Buyuk Britaniyaning Norvich til o‘qitish institutida stajirovka o‘tab qaytdi.