Poitiers universiteti

Fransiyaning Poitiers universiteti bilan akademik mobillik yo’nalishlari kengaymoqda

2023 yilning aprel oyida iqtisodiyot fakultetining ingliz tilidan til bilish sertifikatiga ega (IELTS 6-7-8) yuqori kurs talabalari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.

Oldin xabar berganimizdek, 2023-2026 yillar uchun Fransiyaning Poitiers universiteti bilan ERASMUS akademik mobillik granti qoʼlga kiritildi. Ilgari mazkur dastur faqatgina fransuz tilini o’rganadigan talabalarga yo’naltirilgan edi, bugunga kelib esa matematika va iqtisodiyot yo’nalishi talabalari ham bu imkoniyatga ega bo’ldilar.

Mazkur grant doirasida Oʼzbekiston Milliy universiteti matematika, iqtisodiyot hamda filologiya yo’nalishlari talabalari 2023-oʼquv yilida Fransiyaning Poitiers universitetida akademik mobillik dasturi doirasida oʼqishga yuboriladilar.

Ushbu uchrashuvda talabalarning hujjatlarini shakllantirish, motivatsion xat, CV, mazkur loyihadan kutilayotgan natijalar, hujjatlarni shakllantirish, fanlar toʼgʼrisida maʼlumot berildi.

Loyihadan tanlab olingan talabalar hujjatlari Fransiyaning Poitiers universitetiga yuboriladi va munosib nomzodlar tanlab olinadi.


Fransiyaning Puatye universiteti vakillari O’zMUda

Ma’lumki, O’zbekiston Milliy universiteti Fransiyaning Puatye universiteti bilan 2018 – 2022 yillar davomida Erasmus MIC loyihasi doirasida hamkorlik aloqalari va akademik mobillikni amalga oshirgan.

2022-yil yozida yakunlangan mazkur loyiha, 2022-yil sentyabridan kengaytirilgan holda navbatdagi tanlovni yo’lga qo’ydi. Mazkur yangilangan Erasmus loyihasi doirasida ham O’zMu Puatye universiteti bilan akademik mobillikni davom ettirish imkoniyatiga ega bo’ldi. Shu munosabat bilan Fransiyaning Puatye universitetidan delegatsiya tashrif buyurdi.

Tashrif davomida matematika fanlari doktori Patris Nodin O’zMu va Puatye universiteti o’rtasidagi hamkorlikning samaradorligi va akademik mobillikda yo’nalishlar doirasini kengaytirish, xususan, ilmiy tadqiqotlarda hamkorlik qilish, STEM yo’nalishlarida fransuz tilini rivojlantirish hamda ta’lim kreditlarini bosqichma bosqich moslashtirib borish masalalari muhokama etildi.

Uchrashuv so’ngida loyihaning navbatdagi bosqichi va mobillik yo’nalishlari bo’yicha kelishib olindi.


Fransiyaning Puatye universiteti professori O`zbek filologiyasi fakultetiga tashrif buyurdi.

Fransiyaning Puatye universiteti professori, xalqaro aloqalar bo’limi boshlig’i, matematika fanlari bo’yicha PhD Farida Enikeeva Kompyuter lingvistikasi va amaliy tilshunoslik kafedrasiga tashrif buyurdi.

Tashrif mobaynida kafedra professor-o’qituvchilari hamda Kompyuter lingvistikasi sohasida olib borilayotgan ishlar bilan tanishdi va kelgusida soha bo’yicha xalqaro loyihalarni hamkorlikda amalga oshirish bo’yicha takliflar bildirildi.