Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.

Akademik mobillik doirasida Gdansk universitetida tajriba almashinuvi

Ma’lumki, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti akademik mobillik dasturi doirasida xorijiy talabalarni universitetga jalb qilish, shuningdek, o‘z talabalarini hamkor xorijiy oliygohlarga yuborish bo‘yicha faoliyatini izchil kengaytirib bormoqda.

Xorijiy filologiya fakultetining “Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)” yo‘nalishida tahsil olayotgan 3-kursning 4 nafar talabasi Polshaning Gdansk shahrida joylashgan Gdansk universitetiga tashrif buyurdi. Ular ikki hafta davomida akademik mobillik dasturi doirasida tahsil olib, bilim va ko‘nikmalar almashishdi.

Shuningdek, talabalar Yevropaning boshqa mamlakatlariga ham sayohat qilib, boy madaniy tajriba orttirdilar.

 

O‘zMU Axborot xizmati