Yevropa Ittifoqining Erasmus+ K171 dasturi doirasida 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan OTMlararo kelishuvga muvofiq Avstriyaning Zalsburg universiteti “Geoinformatika va GIS markazi” (Geoinformatics _Z_GIS) kafedrasi doktori Dr. Shahnavaz O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.
Ushbu tashrif davomida Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti xodimlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi hamda u “Globus” o‘quv-metodik xonasidagi ishlar bilan tanishib, mehmonlar kitobiga o‘zi taassurotlarini yozib qoldirdi.
Shu bilan birga Dr. Shahnavaz universitetning Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti talabalari uchun “Chorbog‘” o‘quv-dala amaliyoti bazasida “Amaliy geoinformatika” yo‘nalishi bo‘yicha ma’ruza mashg‘ulotlar olib bordi. Mashg‘ulotlarda Geoinformatika va GIS dasturlari bilan ishlash masalalari interfaol elektron ta’lim tizimi usullaridan foydalangan holda atroflicha yoritildi. Mashg‘ulotlar yakunida talabalar o‘tilgan mavzular bo‘yicha o‘zlariini qiziqtirgan savollariga javob olib, fikr almashdilar.
Tashrif yakunida Avstriyaning Zalsburg universiteti “Geoinformatika va GIS markazi” (Geoinformatics _Z_GIS) va Uzbekiston Milliy universiteti Geodeziya va Geoinformatika kafedrasi o‘rtasida o‘zaro kelishuv shartnomasini uzaytirish hamda shartnomaga muvofiq universitet professor o‘qituvchilari va tayanch doktorantlarning malaka oshirishlarini muntazam ta’minlash maqsadida almashinuv dasturlarini davom ettirishga kelishib olindi.
O‘zMU Axborot xizmati