Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

“Bahor malikalari» qizlar tanlovi g’oliblari aniqlandi

O‘zbekiston Milliy Universiteti Xorijiy filologiya fakultetida xotin-qizlar faoliyatini yanada takomillashtirishga doir ibratli tadbir bo‘lib o‘tdi. Universitet Xotin-qizlar masalalari bo'yicha rektor maslahatchisi Rustamova Ra‘no Parpiyevna, Xorijiy filologiya fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan o'rinbosari Axrorova Fotima Bahramovna hamda fakultet tyutorlari tomonidan "Bahor malikalari" qizlar tanlovi o‘tkazildi. Tanlov qizg'in bahs-munozaralarga boy bo‘ldi. Tanlov so'nggida g‘oliblikni qo'lga kiritgan talaba-qizlar faxriy diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandilar. Saranjom, sarishta va orasta talaba-qizlarni yuksak o'rinlarni zabt etganlari bilan tabriklaymiz. Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchilarning ibratli tadbirlari bardavom bo‘lsin. Zero, talaba-qizlarimiz ertangi kunimiz bunyodkori va kelajak avlod tarbiyachisidirlar!

O’zMU Axborot xizmati