Belarus Milliy Texnika Universiteti
Belarus milliy texnika universiteti vakillari O'zMUda
O‘zbekiston Milliy universiteti va Belarus milliy texnika universiteti ko‘p yillar davomida samarali hamkorlikni amalga oshirib kelmoqdi.
2023 yilning 11-aprel kuni, Belarus Milliy texnika universitetining Xalqaro almashinuv va protokol programmasining bo‘lim boshlig‘i Volkova Anastasiya Ruslanovna O‘zMUga tashrif buyurdi.
Uchrashuv davomida talabalar va professor-o‘qituvchilar akademik mobilligi doirasida hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini belgilab olish va rivojlantirish chora-tadbirlari muhokama qilindi.
Shuningdek, BMTX vakillari shu yil ushbu universitetda o'tkaziladigan yozgi maktab to'g'risida to'liq ma'lumot berib, talabalarni qiziqtirgan savollariga javob berishdi.
Uchrashuv so‘nggida tomonlar istiqbolli hamkorlik yo‘lidagi rejalarni amaliyotga tatbiq etishga kelishib olishdi.