Bugun, 9-aprel kuni O‘zbekiston Milliy universitetida buyuk bobokalonimiz Amir Temur tavalludining 689 yilligi hamda Tarix fakultetining 90 yilligi munosabati bilan «Biz – Sohibqiron Amir Temur avlodimiz!» mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati tashkil etildi. Unda universitet talabalari va yosh tadqiqotchilar ishtirok etishdi.
Tadbirda O‘zbekistonning eng yangi tarixi kafedrasi dotsenti A.Adilov, o‘qituvchi D.Rahmonberdiyev hamda O‘zbekiston tarixi kafedrasi dotsenti S.Jurayevalar tomonidan qiziqarli ma’ruzalar qilindi.
Amir Temurning davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, diplomatiyasi, ilm-fanga bo‘lgan e’tibori va xalqaro siyosiy maydondagi o‘rni haqida chuqur tahliliy fikrlar bildirildi.
Davra suhbati yoshlarimizda tarixiy ong va milliy g‘ururni oshirish, Vatanga bo‘lgan muhabbat tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek harbiy vatanparvarlik tushunchasini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etdi. Ishtirokchilar Amir Temur merosini chuqur o‘rganish va uni bugungi kun bilan bog‘liq holda talqin qilish bo‘yicha yangi bilim va dunyoqarashga ega bo‘ldilar.
O‘zMU Axborot xizmati