Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

BIZ ZO‘ROVONLIKKA QARSHIMIZ

25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni hamda  «Zo‘ravonlikka qarshi 16 kun» aksiyasi doirasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2021-yil 22-noyabr  6/18-39-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, “Yoshlik” talabalar shaharchasi  hokimligi hamda Toshkent shahar Yoshlar ittifoqi hamkorligida “Zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning  huquqlarini himoya qilish va zo‘rovonlikni oldini olish”  va  “Biz zo‘rovonlikka qarshimiz” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda O‘zMU XQK raisi R.P.Rustamova, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i B.Mallabaev, Olmazor tumani IIO FMB XPB  xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektorlari: podpolkovnik S.SH.Melieva, podpolkovnik M.U.Anarbaeva, podpolkovnik P.O.Taymuratova, podpolkovnik SH.Mirzakarimova, kapitan X.N.Berdiqulova, O‘zbekiston psixologlar assotsiaiyasidan “Oila va bolalar” psixologi Isakova Shoira, Xalq deputati Olmazor tumani kengashi deputati yoshlar siyosati xotin-qizlar va gender tenglik bo‘yicha  kommisiyasi raisi Zokirova Nilufar Hosilovna va o‘rinbosari Sharipova Nodira Toxirovna, Yoshlik talabalar shaharchasi hokimligi xotin-qizlar masalalari  bo‘yicha mutaxassis Rustamova Mo‘tabar Rovshanovna  hamda fakultet xotin-qizlar kengashi raislari,  yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va talaba-yoshlar ishtrok etdi. Tadbirni O‘zMU XQK raisi Ra’no Rustamova ochib berib, ishtirokchilarga keyingi vaqtlarda mamlakatimizda xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikni oldini olish, bu hodisa jabrdiydalarini reabilitatsiya qilish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirilayotgani, xususan, gender tengsizlikka barham berishga qaratilgan ikkita qonun, oltita normativ-huquqiy hujjat qabul qilingani haqida ta’kidlab o‘tdi. Ma’ruzachilar o‘z nutqida gender tengligi, tazyiq va zo`ravonlikni oldini olish, zo‘ravonlikka qarshi hukumatning qarorlari, zo‘ravonlikka uchraganda 1146 — Ishonch telefoniga aloqaga chiqish,  tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan, o‘z joniga qasd qilgan yoki shunga moyilligi bo‘lgan xotin-qizlar bilan o‘zaro aloqa o‘rnatish va tezkor ruhiy, psixoterapevtik, huquqiy yordam ko‘rsatish, maslahat berish va axborot taqdim etish maqsadida «AZIZ-AYOL.UZ» yagona interaktiv milliy platformasi muvofiqlashtirilganligi to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdilar.

OzMU Axborot xizmati