Kafedra mudiri

OCHILDIYEV FAYZULLA BABAKULOVICH
OCHILDIYEV FAYZULLA BABAKULOVICH

Kafedra mudiri

Ilmiy darajasi:

Fan doktori, DSc

Ilmiy unvoni:

Professor

Qabul kunlari:

Dushanba-Chorshanba, 14:00-16:00

Manzil:

Manzil: 100174, Toshkent shahar, Olmazor tumani, Universitet ko’chasi, 4-uy

Kafedra tarixi

Kafedraga prof. M.Ye.Masson 1940-yilda asos solgan (1940­–1967).

Kafedrada:

  • prof. G.B.Lunina (1967–1981),
  • dots. Z.I.Usmanova (1981-1992),
  • prof. A.S.Sagdullayev (1992-1998),
  • prof. R.H.Suleymanov (1998-2006, 2009-2014),
  • dots. T.U.Salimovlar (2007-2009)

rahbarlik qilishgan. Hozirda t.f.d. prof. F.B.Ochildiyev (2014-yildan) kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
    Kafedra faoliyati davomida prof. M.Ye.Masson, akad. G.A.Pugachenkova, g.f.d. N.G.Mallitskiy, b.f.d. L.V.Oshanin, t.f.d. A.A.Semyonov, I.I.Petrushevskiy, S.N.Zamyatinin, prof. V.P.Smirnov, Ye.V.Davidovich, B.A.Litvinskiy, E.V.Rtveladze, V.M.Masson, V.I.Sarianidi, Yu.F.Buryakov, O.B.Obelchenko, B.D.Kochnev, N.I.Krashennikova, Z.I.Usmanova,  G.Ya.Dresvyanskaya va boshqa mashhur olimlardan faoliyat yuritganlar. Ular nafaqat Oʻzbekistonda balki, Jahondagi nufuzli olimlar qatoridan oʻrin olganlar.
    M.Ye.Masson Turkmaniston Fanlar Akademiyasi akademigi (1944) va Turkmaniston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi hamdir. U kafedra qoshida Janubiy Tutrkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasini tashkil qilgan.
    M.Ye.Masson kafedradagi faoliyati natijasida Oʻrta Osiyo arxeologiya maktabiga asos solindi. Kafedra bitiruvchilaridan t.f.d. akademiklar – Yu.F.Buryakov, E.V.Rtveladze, A.Sagdullayev, V.I.Sarianidi; professorlar – B.A.Litvinskiy, V.M.Masson, R.X.Suleymanovlarning Oʻrta Osiyo arxeologiyasi va tarixini tiklashdagi hizmatlari kattadir. Ulardan hozirda akademik A.Sagdullayev va professor R.X.Suleymanovlar kafedrada faoliyat olib bormoqdalar.
    S.A.Sagdullayev “Oʻrta Osiyo arxeologiyasi va davlatchiligi tarixi” ilmiy maktabini yaratgan. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi faniga noma’lum boʻlgan miloddan avvalgi X-VIII va VII-IV asrlarga oid yodgorliklarni kashf etgan. U Shahrisabz shahrining 2700 yilligini asoslab berish maqsadida Kesh-Shahrisabz vohasida keng koʻlamdagi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkilotchisi va ilmiy rahbaridir. Uning hizmatlari uchun 2020-yil 27-avgustdagi Farmoniga binoan “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
    R.X.Sulaymonov ilk bor matematik statistik tahlil usulini arxeologiya faniga olib kirdi. Bu usul Oʻrta Osiyoning boshqa paleolit davri manzilgohlarini oʻrganishda keng qoʻllanilib kelmoqda. Uning boshchiligida Naxshab (Qarshi) shaharlarining kamida 2700 yillik tarixga ega ekanligi aniqlab berildi va bu shaharning yubileylari keng nishonlandi. R.X.Suleymanov “Beruniy” mukofoti, “Xalqlar doʻstligi ordeni” “Bobur” medali bilan munosib taqdirlangan. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobidir.
Arxeologiya va etnologiya kafedrasida:

  • “Arxeologiya”,
  • “Antrapologiya va etnologiya”

Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi:

  • “Arxeologiya”,
  • “Etnogenez (Oʻzbek xalqining etnik tarixi)”

Magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda.

Kafedra tarkibi

SULEYMANOV RUSTAM XAMIDOVICH

Suleymanov Rustam Xamidovich

Professor

Batafsil
UBAYDULLAYEVA BARNO MASHRABJONOVNA

Ubaydullayeva Barno Mashrabjonovna

Professor

Batafsil
SAGDULLAYEV ANATOLIY SAGDULLAYEVICH

Sagdullayev Anatoliy Sagdullayevich

Professor

Batafsil
MAVLANOV UKTAM MAXMASABIROVICH

Mavlanov Uktam Maxmasabirovich

Professor

Batafsil
ANARKULOV SAYFIDDIN MUXITDINOVICH

Anarkulov Sayfiddin Muxitdinovich

Dotsent

Batafsil
NORMURODOV DILMUROD RAXMATULLAYEVICH

Normurodov Dilmurod Raxmatullayevich

Dotsent

Batafsil
BABABEKOV AKBAR DAVURBAYEVICH

Bababekov Akbar Davurbayevich

Dotsent

Batafsil
ANNAYEV JALOLIDDIN TUXTASHEVICH

Annayev Jaloliddin Tuxtashevich

Dotsent

Batafsil
NAZAROV XUMOYUN ALISHEROVICH

Nazarov Xumoyun Alisherovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ABDUSATOROV SHERZOD MAVLONJON O‘G‘LI

Abdusatorov Sherzod Mavlonjon o‘g‘li

Katta o‘qituvchi

Batafsil
ABDULLAYEVA MUSHTARIY MOXMUD QIZI

Abdullayeva Mushtariy Moxmud qizi

Katta o‘qituvchi

Batafsil
GYUL TAIR IGRAROVICH

Gyul Tair Igrarovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
MUXAMEDOV YAKUBDJAN KADIROVICH

Muxamedov Yakubdjan Kadirovich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
SHONAZAROV SHUXRAT BURIYEVICH

Shonazarov Shuxrat Buriyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
RAXMONOVA KAMOLA MUSTOFO QIZI

Raxmonova Kamola Mustofo qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ULUG‘BEKOV OYBEK OTABEK O‘G‘LI

Ulug‘bekov Oybek Otabek o‘g‘li

Assistent

Batafsil
PALVANOV HIKMATJON AXMATJONOVICH

Palvanov Hikmatjon Axmatjonovich

Assistent

Batafsil

Abduraxmonova Kamolaxon Ravshanjon qizi

Assistent

Batafsil
AVLAYEV KAMOL RUZIYEVICH

Avlayev Kamol Ruziyevich

Assistent

Batafsil
HAYDAROV ZUXRIDDIN BORATALI O‘G‘LI

Haydarov Zuxriddin Boratali o‘g‘li

Assistent

Batafsil
DUSMURODOV OBIDJON SHOMIRZAYEVICH

Dusmurodov Obidjon Shomirzayevich

Assistent

Batafsil
QO‘YLIYEV RAVSHON MAXMANAZAROVICH

Qo‘yliyev Ravshon Maxmanazarovich

Assistent

Batafsil
BABARAXIMOV TURON G‘ULOMNAZAR O‘G‘LI

Babaraximov Turon G‘ulomnazar o‘g‘li

Assistent

Batafsil
ABDUZOHIROV RAVSHAN HAMDAMOVICH

Abduzohirov Ravshan Hamdamovich

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Tadqiqotchi professor-o‘qituvchining F.I.Sh Ilmiy darajasi, unvoni Dissertatsiya ishi mavzusi
1 Ochildiev Fayzulla Boboqulovich kafedra mudiri “Janubiy O‘zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy hayot (Surxon vohasi misolida)”
2 Sagdullaev Anotoliy  Sagdullaevich. professor “Osedlыe oblasti yuga Sredney Azii v epoxu rannego jeleza (genezis kulturы i sotsialno-ekonomicheskaya dinamika)”
3 Sulaymonov Rustam Hamidovich professor “Drevnyaya kultura Yujnogo Sogda”
4 Aminov Bobur Bobomurodovich Dos.v.b “Janubiy O‘zbekiston epigrafik yodgorliklri tarixiy manba sifatida”
5 Shonazarov Shuhrat Bo‘rievich kat. o‘qituvchi “Qarshi vohasi o‘rta asrlar davri mozor qurg‘onlari”
6 Annaev Jaloliddin To‘xtashevich o‘qituvchi “Tarmita–Termiz buddaviylik markazilari madaniyati”
7 Shaydullaev Alisher Shopo‘latovich o‘qituvchi “Sopolli madaniyati gliptikasi va sfragistikasi”
8 Parmonov Shokir Eshboevich o‘qituvchi “Kesh vohasining o‘rta asrlar davri arxeologik yodgorliklari”
9 Nazarov Xumoyun Alisherovich o‘qituvchi “Kushon davri madaniyatining o‘rganilishi tarixi (Shimoliy Baqtriya arxeologiya materiallari asosida)”
10 Tolibov Nurbek Abdigapporovichni o‘qituvchi “O‘zbekistonda geografiya fanining rivojlanishi tarixi” (1925-1991 yillar)”
11 Muxammedov Yoqubjon Qodirovich o‘qituvchi “Choch vohasida G‘arbiy Turk xoqonligi boshqaruvi”
12 Mavlonov O‘ktam Mahmasobirovich professor “Markaziy Osiyoda qadimgi yo‘llarning shakllanishi”
13 Do‘smurodov Obidjon Shomirzaevich O‘qituvchi “O‘rta Zarafshon vohasi tarixiy madaniy hudud sifatida (Paxtachi tumani misolida) “ (Tasdiqlanmoqda)
14 Qo‘yliev Ravshan Maxmanazarovich O‘qituvchi “Arxeologiya obektlari konservatsiyasi va restavratsiyasi” (tasdiqlanmoqda)

 

Soʻnggi yillarda kafedrada 3 nafar t.f.d. (DSc), 7 nafar PhD dissertatsiyalar himoya qilindi. Shuningdek, kafedra prof.-oʻqituvchilaridan 1 nafari akademik, 4 nafari dotsentlik va 3 nafari professorlik unvonlarini oldilar. Kafedra o‘qituvchisi M. Abdullayeva 07.00.07-Etnografiya, etnologiya va antropologiya ixtisosligi  bo‘yicha t.f.f.d. (Phd) muvaffaqiyatli himoya qildi.

Kafedra professor-oʻqituvchilari nufuzli jurnallarda ilmiy maqolalar chop ettirib kelmoqdalar. Jumladan, 2018-2025 yillarda xorijiy OAK jurnallarida 80 dan ortiq, mahalliy OAK jurnallarida 120 dan ortiq, Scopus Web of Since jurnallarida esa 18 dan ortiq maqolalar nashr qilingan. Shuningdek, soʻngi yillarda 6 ta darslik va 15 dan ortiq oʻquv qoʻllanmalar, 10 monagrafiyalar nashr qilingan.

2026-yilda Arxeologiya yo‘nalishi kafedra professor-oʻqituvchilari prof. akademik, A Sagdullayev, prof. F. Ochildiyev, B. prof. Ubaydullayeva, dots. J. Annayev, v.b dots Y. Muxamedov va v.b dots. X. Nazarovlar universitetining milliy va xalqaro reytinglardagi mavqeini oshirish maqsadida, QS reytingda 1000 talik va 500 talik oʻrinda boʻlgan universitetlar bilan hamkorlikda oʻquv mashg‘ulotlarni olib bormoqdalar.

Akademik A.S.Sagdullaev rahbarligidagi FL-9524115102-R 2-sonli “Janubiy O‘zbekiston arxeologik merosini o‘rganish va yodgorliklarni muzeylashtirish masalalari” mavzusidagi amaliy loyiha mavjud. Ushbu grant loyixasi doirasida Janubiy O‘zbekistondagi arxeologik yodgorliklarni o‘rganish va ularni muzeylashtirish ishlari olib borilmoqda. Shuningdek, kafedrada “Tarixiy obyektlar va tabiiy maskanlar uygʻunligi asosida Forish tumani turistik salohiyatini oshirish” mavzusidagi ilmiy loyixa nixoyasiga еtgan. Loyixaga muvofiq Forish tumanini turizm hududiga aylantirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshiriligan.

Xalqaro hamkorlik

Mahalliy va xorijiy hamkorlar:

    2026-yil 25-mart kuni Quacquarelli Symonds xalqaro reyting agentligi tomonidan “QS World University by Subject Rankings 2026” natijalari e‘lon qilindi. Natijalar bo‘yicha Arxeologiya yo‘nalishi ilk bora reytingdan o‘rin olib, 201-260 o‘rinda qayd etildi.
    2026-yilning 24-aprelida Arxeologiya va etnologiya kafedrasi hamda Qozon universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida ilmiy-amaliy uchrashuv tashkil qilindi. Unda o‘zaro memorandum imzolash, tajriba almashinish, arxeologiya, antropologiya mutaxassisliklari bo‘yicha qo‘shma ta’lim dasturini ishlab chiqish bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tdi. 2026-yilning 10-15-aprel kunlari Arxeologiya va etnologiya kafedrasi professori B.M. Ubaydullayeva Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universitetida o‘tkazilgan ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etib, 30 soatlik ma’ruza o‘qib keldi. T.f.d. prof. Ochildiyev F. Muxtor Auezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti “Ijtimoiy va gumanitar fanlar” ilmiy-tadqiqot instituti “Tarix va etnologiya” ilmiy markaziga malaka oshirdi.
    “Arxeologiya va etnologiya” kafedrasida uzoq yillar davomida Rossiya, Amerika, Yaponiya, Fransiya, Italiya, Ispaniya, Xitoy, Germaniya, QozoGʻiston, Turkmaniston, Tojikiston va boshqa mamlakatlarning arxeologlari bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Jumladan, Lion, Ex Marsell universitetlari, Arxeorient laboratoriyalari, Parijdagi Ijtimoiy-gumanitar fanlari Fondi Markazi (FMSH), Luvr muzeyi, Kaliforniya universiteti, Tomsk universiteti, Chubu universiteti va Rivojlanayotgan iqtisodiyotlar instituti, Lyudvig Maksimilians Myunxen universitetlari, Madrid avtonom universiteti, Tusica universiteti, L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Kazan federal universiteti, Novasibr davlat universiteti, M. Auezov nomidagi universiteti, A.Yassaviy nomidagi universitetlari  bilan oʻzaro xamkorlikdagi aloqalar yoʻlga qoʻyilgan.
    2025 yildan hozirgi kunga qadar kafedra dotsenti J.T. Annaev Termiz arxeologiya muzeyi va Koreya Respublikasining Yonnam universiteti bilan hamkorlikda tuzilgan ilmiy loyihada ishtirok etib kelmoqda. Loyiha doirasida J.T.Annaev tomonidan “Termiz arxeologiya muzey qadimiyatlari” albom – katalogi yaratildi. 2023-yildan boshlab, Rossiyaning Kozon universitetining nufuzli Scopus bazasiga kirgan “Поволжская археология” jurnaliga kafedra professorlaridan A. Sagdullayev va R. Suleymanovlar tahrir a’zosi xisoblanadi. Bugungi kunda kafedra professor o‘qituvchilari o‘z maqolalarini ushbu jurnalda nashr qilmoqdalar. Italiyaning Tusica universiteti bilan ikki tomonlama bakalavr talabalarining almashinuvi (2+2) boʻyicha shartnoma imzolangan.