Kafedraga prof. M.Ye.Masson 1940-yilda asos solgan (1940–1967).
Kafedrada:
- prof. G.B.Lunina (1967–1981),
- dots. Z.I.Usmanova (1981-1992),
- prof. A.S.Sagdullayev (1992-1998),
- prof. R.H.Suleymanov (1998-2006, 2009-2014),
- dots. T.U.Salimovlar (2007-2009)
rahbarlik qilishgan. Hozirda t.f.d. prof. F.B.Ochildiyev (2014-yildan) kafedra mudiri sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Kafedra faoliyati davomida prof. M.Ye.Masson, akad. G.A.Pugachenkova, g.f.d. N.G.Mallitskiy, b.f.d. L.V.Oshanin, t.f.d. A.A.Semyonov, I.I.Petrushevskiy, S.N.Zamyatinin, prof. V.P.Smirnov, Ye.V.Davidovich, B.A.Litvinskiy, E.V.Rtveladze, V.M.Masson, V.I.Sarianidi, Yu.F.Buryakov, O.B.Obelchenko, B.D.Kochnev, N.I.Krashennikova, Z.I.Usmanova, G.Ya.Dresvyanskaya va boshqa mashhur olimlardan faoliyat yuritganlar. Ular nafaqat Oʻzbekistonda balki, Jahondagi nufuzli olimlar qatoridan oʻrin olganlar.
M.Ye.Masson Turkmaniston Fanlar Akademiyasi akademigi (1944) va Turkmaniston SSRda xizmat koʻrsatgan fan arbobi hamdir. U kafedra qoshida Janubiy Tutrkmaniston arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Termiz arxeologik kompleks ekspeditsiyasi, Kesh arxeologik-topografik ekspeditsiyasini tashkil qilgan.
M.Ye.Masson kafedradagi faoliyati natijasida Oʻrta Osiyo arxeologiya maktabiga asos solindi. Kafedra bitiruvchilaridan t.f.d. akademiklar – Yu.F.Buryakov, E.V.Rtveladze, A.Sagdullayev, V.I.Sarianidi; professorlar – B.A.Litvinskiy, V.M.Masson, R.X.Suleymanovlarning Oʻrta Osiyo arxeologiyasi va tarixini tiklashdagi hizmatlari kattadir. Ulardan hozirda akademik A.Sagdullayev va professor R.X.Suleymanovlar kafedrada faoliyat olib bormoqdalar.
S.A.Sagdullayev “Oʻrta Osiyo arxeologiyasi va davlatchiligi tarixi” ilmiy maktabini yaratgan. Oʻrta Osiyo arxeologiyasi faniga noma’lum boʻlgan miloddan avvalgi X-VIII va VII-IV asrlarga oid yodgorliklarni kashf etgan. U Shahrisabz shahrining 2700 yilligini asoslab berish maqsadida Kesh-Shahrisabz vohasida keng koʻlamdagi arxeologik ilmiy-tadqiqot ishlarining tashkilotchisi va ilmiy rahbaridir. Uning hizmatlari uchun 2020-yil 27-avgustdagi Farmoniga binoan “Mehnat Shuhrati” ordeni bilan mukofotlangan.
R.X.Sulaymonov ilk bor matematik statistik tahlil usulini arxeologiya faniga olib kirdi. Bu usul Oʻrta Osiyoning boshqa paleolit davri manzilgohlarini oʻrganishda keng qoʻllanilib kelmoqda. Uning boshchiligida Naxshab (Qarshi) shaharlarining kamida 2700 yillik tarixga ega ekanligi aniqlab berildi va bu shaharning yubileylari keng nishonlandi. R.X.Suleymanov “Beruniy” mukofoti, “Xalqlar doʻstligi ordeni” “Bobur” medali bilan munosib taqdirlangan. U Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobidir.
Arxeologiya va etnologiya kafedrasida:
- “Arxeologiya”,
- “Antrapologiya va etnologiya”
Bakalavriat ta’lim yoʻnalishi:
- “Arxeologiya”,
- “Etnogenez (Oʻzbek xalqining etnik tarixi)”
Magistratura mutaxassisligi boʻyicha kadrlar tayyorlanmoqda.