Kafedra 1920 yilda “Sitologiya” bo‘limi sifatida tashkil topgan bo‘lim. boshlig‘i sifatida prof. Pavel Aleksandrovich Baranov faoliyat olib borgan. 1925 yilda “O‘simliklar morfologiyasi va biologiya” kafedrasi nomi bilan atalgan bo’lsa, 1938 yilda “O‘simliklar morfologiyasi va anatomiyasi” kafedrasi nomiga o‘tkazilgan va bu yillar davomida prof. P.A.Baranov kafedra mudiri bo‘lib ishlagan.
1945 yilda “Darvinizim va seleksiya”, 1950 yilda “Darvinizim va genetika” va 1961-1981 yillar davomida “Darvinizim, genetika eksperimental morfologiya” kafedrasi nomi bilan atalgan 1945-1981 yillarda kafedra mudiri sifatida prof. I.A.Raykova ishlagan. 1974 yilda kafedra qoshida g‘o‘zaning xususiy genetikasi laboratoriyasi tashkil qilinib, laboratoriya mudiri sifatida b.f.d., prof. Musayev D.A. faoliyat olib borgan.
1982-1988 yillarda “Darvinizim, genetika eksperimental morfologiya” kafedrasida b.f.n., dots. M.F. Abzalov kafedra mudiri bo‘lib ishlagan bo‘lsa, 1989-2014 yillarda kafedra “Genetika va sitoembriologiya” deb nomlangan va akademik D.A.Musayev kafedra mudiri sifatida faoliyat olib brogan. 2015 yilda kafedrada b.f.n. E. Latipova mudir bolib ishlagan.
2016-2017 yillarda kafedra “Genetika va kompyuter biologiya” nomiga o‘zgarib kafedra mudiri sifatida b.f.n., dots. X.U.Xalbekova ishlagan. 2018-2024 yillarda kafedra nomi “Genetika” deb nomlanib, kafedra mudiri sifatida b.f.d., prof. S.G‘.Boboyev faoliyat olib borgan.
Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi
“Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasi 2005 yilda “O‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasi va Botanika o‘quv-ilmiy markazining qo‘shilishidan tashkil topgan. 2024 yil oktabrga qadar kafedraga qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi Matkarimova Anarjan Abdikarimovna rahbarlik qilgan.
“O‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasi 1920 yilda tashkil topgan. Kafedraning asoschisi va unga ko‘p yillar (1920-1930, 1941-1945) rahbarlik qilgan professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Andrey Vasilevich Blagoveshenskiydir. Blagoveshenskiy Andrey Vasilevich 1921 yilda Turkistonda Botaniklar jamiyatini tashkil qilishda faol ishtirok etgan va unga 1921-1930 va 1941-1945 yillar rahbarlik qilgan. Keyinchalik “O‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasiga dotsent N.D.Leonov (1945-1948), dotsent P.G.Marsakova (1948-1949), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Nikolay Antonovich Todorov (1949-1973), biologiya fanlari doktori, professor, O‘zR FA akademigi Akmaljon Qosimovich Qosimov (1973-1976), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Yuldosh Ahmedovich Ahmedov (1976-1988), biologiya fanlari doktori, professor Karimjon Safarovich Safarov (1988-1997), biologiya fanlari nomzodi, dotsent Damir Komilovich Asomov (1998-2005) rahbarlik qilganlar. “O‘simliklar fiziologiyasi” kafedrasiga biologiya fanlari doktori, professor Beknazarov Begali Ochilovich (2005-2011), biologiya fanlari doktori, professor Yuldashev Akramjan Sultonmuratovich (2011-2014), qishloq xo‘jalik fanlari nomzodi Matkarimova Anarjan Abdukarimovna (2014-2016) rahbarlik qilgan.
1924 yilda tashkil topgan “Yuksak o‘simliklar” kafedrasi asosida Botanika o‘quv-ilmiy markazi 1995 yilda tashkil qilingan. “Yuksak o‘simliklar” kafedrasining asoschisi va birinchi rahbari, professor Mixail Grigorevich Popov bo‘lgan va 1924-1926 yillarda mudirlik qilgan. Keyinchalik kafedraga biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zR FA akademigi Yevgeniy Petrovich Korovin (1926-1961), biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi, O‘zR FA muxbir a’zosi Ippolit Ivanovich Granitov (1961-1980), biologiya fanlari nomzodi, professor Hoshim Melievich Axunov (1980-1995), biologiya fanlari doktori, professor, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi O‘ktam Pratovich Pratov (1995-2005) rahbarlik qilishgan.
Botanika va genetika kafedrasi
Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universiteti kengashi qarori va universitet rektorining 1 noyabr 2024 yildagi 02-1925-sonli bo‘yrug‘iga asosan 2024-yilning noyabridan “Botanika va o‘simliklar fiziologiyasi” va “Genetika” kafedralari birlashtirilib, “Botanika va genetika” kafedrasi nomi bilan faoliyatini davom ettirmoqda.