O‘zbekiston Respublikasi Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi № 3390 sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
Qarorga muvoffiq 2018 yil fakultet xuzurida “Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi tashkil (5610518 – Sport faoliyati Taekvondo WT) qilindi. Hozirda kafedrada 71010300-“Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha)” magistratura ta’lim yо‘nalishi va 61010300 -“Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha)” Sport faoliyati (Taekvondo (WT)), Sport faoliyati (Regbi), Sport faoliyati (Kurash), Sport faoliyati (Dzyudo) Sport faoliyati (Erkin kurash)bakalavr ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
Kafedraning asosiy maqsadi: Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy o‘qitish metodikasi, taekvondo (WT), Regbi, Kurash, Dzyudo sport turlarining rivojlanish tarixi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommukatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxasislari va trenerlarini ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali trenerlar va o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalash, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash va sport sahasida qoniqarli bilimlarga ega hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga iqtidorli sportchilarni tayyorlashdan iborat.
Hozirda kafedrada yuqori malakali terner o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni saralash, xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va uslubiyatlari ishlab chiqildi.
Kafedra xuzuridagi sport faoliyatlari (Taekvondo (WT), Regbi, Kurash, Dzyudo) ta’lim yo‘nalishlarida talabalarni bilim va ko‘nikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida universitet sport majmualarida to‘laqonli unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
“Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasida ta’lim berish, malakali mutaxasislarni tayyorlashda, jismoniy tarbiya va sport soxasi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, bu bo‘yicha har o‘quv yili davrida o‘rtacha Scopus bazasi indeksatsiyasi huzuridagi jurnallarda 12 ta, OAK xuzuridagi ilmiy jurnallarda 60 tadan ortiq, 30 ga yaqin xalqaro va Respublika miqiyosida ilmiy tezislar, 18 tadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 4 tadan monografiyalar chop qilinib talabalar bilim olishlari uchun zamin yaratildi.
“Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi professor o‘qituvchilar tamonidan chop qilingan adabiyotlar
Kafedrada xorijiy mamlakatlardagi nufuzli reytinga ega bo‘lgan (TOP-1000) universitetlar bilan o‘zaro manfaatli xamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan Koyeraya Respublikasining “Dankuk”, “Yongin” universitetlari, Xitoy davlatining “Tyantszin sport”, “Pekin pedagogika”, “Renmin” universitetlari, Polsha davlatining “Xalqaro jang san’atlari” Assotsiyasi, va janubiy Kazohistonning “Muxtar Auvezov” nomidagi universiteti, “Jaxon Taekvondo sport turini rivojlantirish fondi”, Jaxon va Osiyo “Regbi” federatsiya rahbarlari bilan istiqbolli memorandum va shartnomalar imzolanib, bevosita xamkorlik a’loqar yo‘lga qo‘yildi.
Talabalar sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga va sport malakalarini oshirish maqsadida universitet sport majmuasida muntazam shug‘ullanib kelishadi. Tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz orasida 4 nafar Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorlari, 17 nafar Jaxon chempionati g‘oliblari va sovrindorlari, 29 nafar Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari, 200 nafardan ortiq nufuzli xalqaro musobaqalar va Respublika chempionatlari g‘olib va sovrindorlari iqtidorli sportchilar tashkil etmoqda.
Buning natijasida Ulug‘bek Rashitov ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lib oltin medallarga sazavor bo‘lgan bo‘lsa, Olimpiya o‘yinlarida Zuxriddin Toxirov oltin medalni, Svetlana Osipova kumush medalni, Ziyoda Isakovalar bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasining 2-bosqich Мagistri Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov Taekvondo (WT) bo‘yicha
Yozgi Olimpiyada o’yinlari ikki karra oltin medal sohibi.Butunjahon harbiy oʻyinlari va taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni. 2023-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.Oʻzbekiston iftixori koʻkrak nishoni sohibi.Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasining 2-bosqich Мagistri Svetlana Osipova – Taekvondo (WT) bo‘yicha
2024-yil Yozgi Olimpiyada o’yinlari kumush medali sovrindori. Jahon chempionatining kumush medal soxibasi. 2018-yilda Osiyo oʻyinlarida kumush medalni soxibasi.
Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medali soxibasi. 2019-yilda Butunjahon harbiy oʻyinlarida oltin medal soxibasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi 2-bosqich talabasi Qo‘chqorov Samariddin 2026-yil Osiyo o’yinlari sovrindori.Grant shlem va Grant pri halqaro musoboqalar g’olibi. Xalqaro toyfadagi sport ustasi
Iqtidorli talabalardan: 3 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti soxibalari Osipova Svetlana, Umirzakova Iroda, Gulshanoy Imoilovalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindorlari 3 nafar talaba Osipova Svetlana, Ergasheva Muxlisa, Razzoqova Mushtariylar.
Islom Karimov davlat davlat stipendiyasi sovrindori 2 nafar talaba Ergasheva Muxlisa, Razzoqova Mushtariylar.
Paxlavon Maxmud davlat stipendiyasi sovrindori 2 nafar Axmadjanova Aziza, Dildora Isroiljonovalar.
Osipova Svetlana Valerevna
Xizmat ko‘rsatish sohasi tanlov yo‘nalishi
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
davlat stipendiyasi sovrindori.
(2025-2026 o‘quv yili)
Ergasheva Muxlisa G‘ulomjon qizi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat
stipendiyasi sovrindori
(2025-2026 o‘quv yili)
Razzoqova Mushtariy Aliy qizi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori (2024-2025 oquv yili)
Axmadjanova Aziza Valisher qizi
Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori (2025-2026 oquv yili)
Razzoqova Mushtariy Aliy qizi
Islom Karimov davlat davlat stipendiyasi sovrindori (2022-2023 oquv yili)
Axmadjanova Aziza Valisher qizi
Islom Karimov davlat davlat stipendiyasi sovrindori (2024-2025 oquv yili)
Suzish havzasi






“Workout” sport majmuasi
Yopiq sport majmuasi (Tekvondo)






Yopiq sport majmuasi (Dzyudo)
Yopiq sport majmuasi (Kurash)
Yopiq sport majmuasi (Erkin kurash)
Ochiq sport majmuasi (Regbi)






















