Kafedra tarixi

   O‘zbekiston Respublikasi Taekvondo (WT) sport turini yanada rivojlantirish, yuqori mahoratli sportchilar va kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 16 noyabrdagi № 3390 sonli “Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti tarkibida “Taekvondo va sport faoliyati” fakultetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Qarori qabul qilindi.
   Qarorga muvoffiq 2018 yil fakultet xuzurida “Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi tashkil (5610518 – Sport faoliyati Taekvondo WT) qilindi. Hozirda kafedrada 71010300-“Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha)” magistratura ta’lim yо‘nalishi va 61010300 -“Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha)” Sport faoliyati (Taekvondo (WT)), Sport faoliyati (Regbi), Sport faoliyati (Kurash), Sport faoliyati (Dzyudo) Sport faoliyati (Erkin kurash)bakalavr ta’lim yo‘nalishlari mavjud.
Kafedraning asosiy maqsadi: Sport faoliyati (faoliyat turlari bо‘yicha) ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha nazariy va amaliy o‘qitish metodikasi, taekvondo (WT), Regbi, Kurash, Dzyudo sport turlarining rivojlanish tarixi, ta’lim jarayonlarini zamonaviy pedagogik va axborot-kommukatsiya texnologiyalaridan foydalana oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash, xalqaro ilg‘or xorijiy tajribalardan foydalanib, yuqori darajaga ega bo‘lgan xorijiy va mamlakatimizning malakali amaliyotchi mutaxasislari va trenerlarini ta’lim jarayonlariga jalb qilingan holda kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish, yuqori malakali trenerlar va o‘qituvchilarni, iqtidorli talabalarni tarbiyalash, xalqaro musobaqalarda munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash va sport sahasida qoniqarli bilimlarga ega hamda O‘zbekiston milliy terma jamoasi tarkibiga iqtidorli sportchilarni tayyorlashdan iborat.
   Hozirda kafedrada yuqori malakali terner o‘qituvchilarni tayyorlash, iqtidorli yosh sportchilarni saralash, xalqaro sport musobaqalarida munosib ishtirok qila oladigan professional sportchilarni tayyorlash uchun ularning ko‘nikma va bilimlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan zamonaviy o‘qitish dasturlari va uslubiyatlari ishlab chiqildi.
Kafedra xuzuridagi sport faoliyatlari (Taekvondo (WT), Regbi, Kurash, Dzyudo) ta’lim yo‘nalishlarida talabalarni bilim va ko‘nikmalarini yanada mustaxkamlash maqsadida universitet sport majmualarida to‘laqonli unumli foydalanish yo‘lga qo‘yildi.
   “Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasida ta’lim berish, malakali mutaxasislarni tayyorlashda, jismoniy tarbiya va sport soxasi bo‘yicha ilmiy va uslubiy ma’lumotlar bilan ta’minlangan, bu bo‘yicha har o‘quv yili davrida o‘rtacha Scopus bazasi indeksatsiyasi huzuridagi jurnallarda 12 ta, OAK xuzuridagi ilmiy jurnallarda 60 tadan ortiq, 30 ga yaqin xalqaro va Respublika miqiyosida ilmiy tezislar, 18 tadan ortiq darslik va o‘quv qo‘llanmalar, 4 tadan monografiyalar chop qilinib talabalar bilim olishlari uchun zamin yaratildi.


“Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi professor o‘qituvchilar tamonidan chop qilingan adabiyotlar



Kafedrada xorijiy mamlakatlardagi nufuzli reytinga ega bo‘lgan (TOP-1000) universitetlar bilan o‘zaro manfaatli xamkorliklar yo‘lga qo‘yildi. Jumladan Koyeraya Respublikasining “Dankuk”, “Yongin” universitetlari, Xitoy davlatining “Tyantszin sport”, “Pekin pedagogika”, “Renmin” universitetlari, Polsha davlatining “Xalqaro jang san’atlari” Assotsiyasi, va janubiy Kazohistonning “Muxtar Auvezov” nomidagi universiteti, “Jaxon Taekvondo sport turini rivojlantirish fondi”, Jaxon va Osiyo “Regbi” federatsiya rahbarlari bilan istiqbolli memorandum va shartnomalar imzolanib, bevosita xamkorlik a’loqar yo‘lga qo‘yildi.
Talabalar sport bilan muntazam shug‘ullanishlariga va sport malakalarini oshirish maqsadida universitet sport majmuasida muntazam shug‘ullanib kelishadi. Tahsil olayotgan talaba yoshlarimiz orasida 4 nafar Olimpiya va Paralimpiya g‘olib va sovrindorlari, 17 nafar Jaxon chempionati g‘oliblari va sovrindorlari, 29 nafar Osiyo chempionati g‘olib va sovrindorlari, 200 nafardan ortiq nufuzli xalqaro musobaqalar va Respublika chempionatlari g‘olib va sovrindorlari iqtidorli sportchilar tashkil etmoqda.
Buning natijasida Ulug‘bek Rashitov ikki karra Olimpiya o‘yinlari g‘olibi bo‘lib oltin medallarga sazavor bo‘lgan bo‘lsa, Olimpiya o‘yinlarida Zuxriddin Toxirov oltin medalni, Svetlana Osipova kumush medalni, Ziyoda Isakovalar bronza medallarni qo‘lga kiritishdi.
Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasining 2-bosqich Мagistri Ulugʻbek Ismatullayevich Rashitov Taekvondo (WT) bo‘yicha
Yozgi Olimpiyada o’yinlari ikki karra oltin medal sohibi.Butunjahon harbiy oʻyinlari va taekvondo boʻyicha Osiyo chempioni. 2023-yilgi jahon chempionatining bronza medali sovrindori.Oʻzbekiston iftixori koʻkrak nishoni sohibi.Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasining 2-bosqich Мagistri Svetlana Osipova – Taekvondo (WT) bo‘yicha
2024-yil Yozgi Olimpiyada o’yinlari kumush medali sovrindori. Jahon chempionatining kumush medal soxibasi. 2018-yilda Osiyo oʻyinlarida kumush medalni soxibasi.
Yozgi Osiyo oʻyinlarida bronza medali soxibasi. 2019-yilda Butunjahon harbiy oʻyinlarida oltin medal soxibasi. Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan sportchi.Taekvondo va sport faoliyati” kafedrasi 2-bosqich talabasi Qo‘chqorov Samariddin 2026-yil Osiyo o’yinlari sovrindori.Grant shlem va Grant pri halqaro musoboqalar g’olibi. Xalqaro toyfadagi sport ustasi



Iqtidorli talabalardan: 3 nafari Zulfiya nomidagi davlat mukofoti soxibalari Osipova Svetlana, Umirzakova Iroda, Gulshanoy Imoilovalar.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindorlari 3 nafar talaba Osipova Svetlana, Ergasheva Muxlisa, Razzoqova Mushtariylar.
Islom Karimov davlat davlat stipendiyasi sovrindori 2 nafar talaba Ergasheva Muxlisa, Razzoqova Mushtariylar.
Paxlavon Maxmud davlat stipendiyasi sovrindori 2 nafar Axmadjanova Aziza, Dildora Isroiljonovalar.


Osipova Svetlana Valerevna

Osipova Svetlana Valerevna

Xizmat ko‘rsatish sohasi tanlov yo‘nalishi
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
davlat stipendiyasi sovrindori.
(2025-2026 o‘quv yili)

Ergasheva Muxlisa G‘ulomjon qizi

Ergasheva Muxlisa G‘ulomjon qizi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat
stipendiyasi sovrindori
(2025-2026 o‘quv yili)


Razzoqova Mushtariy Aliy qizi

Razzoqova Mushtariy Aliy qizi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi sovrindori (2024-2025 oquv yili)

Ergasheva Muxlisa G‘ulomjon qizi

Axmadjanova Aziza Valisher qizi

Pahlavon Mahmud nomli davlat stipendiyasi sovrindori (2025-2026 oquv yili)


Razzoqova Mushtariy Aliy qizi

Razzoqova Mushtariy Aliy qizi

Islom Karimov davlat davlat stipendiyasi sovrindori (2022-2023 oquv yili)

Ergasheva Muxlisa G‘ulomjon qizi

Axmadjanova Aziza Valisher qizi

Islom Karimov davlat davlat stipendiyasi sovrindori (2024-2025 oquv yili)


Suzish havzasi


“Workout” sport majmuasi


Yopiq sport majmuasi (Tekvondo)


Yopiq sport majmuasi (Dzyudo)


Yopiq sport majmuasi (Kurash)


Yopiq sport majmuasi (Erkin kurash)


Ochiq sport majmuasi (Regbi)


 

Kafedra tarkibi

ATANAZAROV AMIRXON ALLABERGANOVICH

Atanazarov Amirxon Allaberganovich

Dotsent

Batafsil
NORMAMATOV MA’RUF RAXMONQUL O‘G‘LI

Normamatov Ma’ruf Raxmonqul o‘g‘li

Dotsent

Batafsil
RUZMETOV RASUL TANGIRBERGANOVICH

Ruzmetov Rasul Tangirberganovich

Dotsent

Batafsil

Raximov Umorbek Ikromboyevich

Katta o‘qituvchi

Batafsil
XOSHIMJONOV SHOXBOZBEK BAXRAMJON O‘G‘LI

Xoshimjonov Shoxbozbek Baxramjon o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
ABDURAHIMOVA ANABAIM DADASH QIZI

Abdurahimova Anabaim Dadash qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
PO‘LATOV XUMOYUN TURSUNALI O‘G‘LI

Po‘latov Xumoyun Tursunali o‘g‘li

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
NAZAROVA MOHINUR ATXAM QIZI

Nazarova Mohinur Atxam qizi

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
AZIMOVA SAYYOHAT BOBOMURODOVNA

Azimova Sayyohat Bobomurodovna

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
MAXMUDOV MARIS RUZIQULOVICH

Maxmudov Maris Ruziqulovich

Stajer-o‘qituvchi

Batafsil
SHIXOV G‘AYRAT IBRAGIMOVICH

Shixov G‘ayrat Ibragimovich

Assistent

Batafsil
SHAIMARDANOV SHERBEK ABDURASHID O‘G‘LI

Shaimardanov Sherbek Abdurashid o‘g‘li

Assistent

Batafsil
UMURKULOVA DILRABO ABDISAMATOVNA

Umurkulova Dilrabo Abdisamatovna

Assistent

Batafsil
USMANOVA NODIRA OLIMJON QIZI

Usmanova Nodira Olimjon qizi

Assistent

Batafsil
AMINOVA AZIZA ALIDJANOVNA

Aminova Aziza Alidjanovna

Assistent

Batafsil

Ilmiy faoliyat

Ilmiy faoliyat

Taekvondo sport faoliyati kafedrasida 29 nafar professor-o‘qituvchilar o‘z faoliyatlarini olib borishmoqda. Kafedrada ilmiy salohiyat 34%ni tashkil qiladi. Shulardan 4 nafari pedagogika fanlari doktori (DSc)professor, 6 nafari pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), 4 nafari ilmiy unvonlarga ega profesor o‘qituvchilardan iborat.

 

“TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI” KAFEDRASI TAYANCH DOKTORANTLARI, DOKTORANTLARI, MUSTAQIL IZLANUVCHILARINING

2025/2026 O‘QUV YILIDA ILMIY-TADQIQOT ISHLARI HIMOYASI

REJASI

№ Tadqiqotchining F.I.Sh. Ilmiy rahbar

F.I.Sh.

Tadqiqot olib borayotgan mavzusi Tadqiqot mavzusi bo‘yicha chop etilgan ilmiy ishlar Tadqiqot mavzusining dastlabki muhokamadan o‘tganligi Dissertatsiya himoyasining tahminiy muddati
1. Qo‘chkarov Bexzod Ozotovich p.f.d (DSc), prof V.Raximov Jismoniy tarbiya va sport orqali umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilarining jismoniy tayyorgarligini oshirish samaradorligi 5 ta tezis,

3 ta maqola

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasining 2025-yil 13-oktabrdagi bayonnomasidan ko‘chirma 2026-yil IV chorak
2. Normamatov Ma’ruf Raxmonqul o‘g‘li p.f.d (DSc), prof  I.Aliyev Boshlang‘ich tayyorgarlik guruhi dzyudochilarini maxsus mashqlar orqali texnik maxoratini takomillashtirish. 2 ta maqola, 3 ta tezis – 2028-yil
3. Atanazarov Amirxon Alloberganovich p.f.d (DSc), prof  I.Aliyev Talaba dzyudochilarni og‘ir atletika mashqlari yordamida musobaqa oldi tayyorgarlik bosqichlarini rejalashtirish 3 ta maqola, 4 ta tezis Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasining 2024-yil 29-iyundagi 5-sonli bayonnomasidan ko‘chirma 2027-yil

I chorak

4. Kadirov Abdurashid Abdug‘anievich p.f.n., prof M.S.Axmatov Yosh futbolchilarning psixofiziologik hususiyatlarini rivojlantirish metodikasi 3 ta maqola, 4 ta tezis O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01-raqamli ilmiy kengash qoshidagi 13.00.04-“Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligi bo‘yicha 2025-yil 2-oktabrda tashkil etilgan ilmiy seminar bayonnomasi 2026-yil

I chorak

5. Karimova Nargiza Xudoyberganovna p.f.d (DSc), prof  V.Raximov Akvafitnes vositalaridan foydalangan holda talaba qizlarning jismoniy tayyorgarligini takomillashtirish texnologiyasi 3 ta maqola 5 ta tezis – 2026-yil IV chorak
6. Umurqulova Dilrabo Abdisamatovna p.f.d (DSc), prof  V.Raximov Oliy ta’lim muassasalari talabalarini stol tennisi mashg‘ulotlari orqali jismoniy qobiliyatlarini rivojlantirish texnologiyasi 2 ta maqola 4 ta tezis – 2026-yil IV chorak
7. Aminova Aziza Alidjanovna p.f.b.f.d (PhD) dotsent T.E.Rahmanov Yakkakurash sport turi mutaxassislarini  tayorlash metodikasini takomillashtirish 2 ta maqola, 2 ta tezis – 2026-yil IV chorak
8. Shermuxamedova Nargiza Nurtdinovna p.f.d (DSc), prof  V.Raximov O‘quv-tayyorlov guruhi gandbolchilarida mashg‘ulot yuklamalarini optimallashtirish samaradorligi 3 ta maqola 3 ta tezis – 2026-yil IV chorak
9. Imomov Dilmurod Akrom o‘g‘li p.f.d (DSc), prof  I.Aliyev Oliy ta’lim muassasi talaba erkin kurashchilarining tayyorgarlik bosqichlarini samarali rejalashtirish 2 ta maqola 4 ta tezis – 2026-yil IV chorak
10. Shixov G‘ayrat Ibrogimovich p.f.b.f.d (Phd) dotsent R.Ro‘zmetov 12-14 yoshli futbolchilarni o‘yin mahoratini oshirishda yangicha uslubdan foydalanish samaradorligini aniqlash 1 ta maqola 2 ta tezis – 2027-yil III chorak
11. Abdikulov Jandos Nurjan o‘g‘li p.f.d (DSc), dotsent Sh.Gaziyev Malakali yunon-rim kurashchilarining taktik tayyorgarligini aylanma uslub yordamida rivojlantirish uslubiyati 2 ta maqola, 4 ta tezis – 2027-yil III chorak
12. Ibragimov Sardorbek Aliqul o‘g‘li p.f.b.f.d (Phd) dotsent R.Ro‘zmetov Futbol darvozabonlarini maxsus mashqlar to‘lami orqali jismoniy qobilyatlarini rivojlantirish 2 ta maqola, 2 ta tezis – 2027-yil IV chorak
13. Azimova Sayyoxat Bobomurodovna p.f.d (DSc), prof  I.Aliyev Yakkakurash sport turlariga ixtisoslashgan  mashqlar orqali OTM talabalarining chidamlilik sifatini oshirish samaradorligi 3 ta maqola 11 ta tezis – 2027-yil IV chorak
14. Po‘latov Xumoyun Tursunali o‘g‘li p.f.d., (DSc), prof., I.B.Aliyev Taekvondoda raqib harakatlarini oldindan sezish qobiliyatini oshirishda ideamotor tayyorgarlik qobiliyatlarni rivojlantirish texnologiyasini ilmiy asoslash 3 ta maqola 4 ta tezis – 2028-yil IV chorak
15. Shomirzaev Umid Alisher o‘g‘li p.f.d (DSc), prof  I.Aliyev Differensirovannaya spetsialnnaya fizicheskaya podgotovka taekvondistov 15-16 let na osnove uchyota stilya vedeniya poyedinka 3 ta maqola, 2 ta tezis – 2027-yil II chorak
16. Xolmatov Umid Sobirjon o‘g‘li p.f.d (DSc), prof  Z.Ortiqov Belbog‘li kurashchilarning texnik harakatlarini maxsus jismoniy jismoniy tayyorgarlik yordamida takomillashtirish metodikasi 2 ta maqola – 2027-yil IV chorak

 

 

Xalqaro hamkorlik

Taekvondo va sport faoliyati kafedrasida universitet xalqaro reytingdagi o‘rnini yuksaltirish, shuningdek uni xalqaro davlatlarda tan olingan tashkilotlar reytinglaridagi eng yaxshi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga kiritish va tahlil natijalariga qarab Quacquarelli Symonds (QS) va Times Nigher Education (TNE) xalqaro reytinglarida ishtirok etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqilgan.

Kafedrada dunyoning nufuzli (Top-1000) talik reytingidan o‘rin egallagan Korea, Qozoxiston, Qirg‘iziston hamda Rossiya davlatlari universitetlari bilan xamkorlik memorondumlari imzolangan, hozirda yaqin hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgan.

 

TAEKVONDO VA SPORT FAOLIYATI KAFEDRASIGA JALIB QILINGAN XORIJIY MUTAXASSISLAR RO‘YXATI
т/р Xorijiy o‘qituvchilarning F.I.Sh Buyruqdan ko‘chirma № Davlat nomi Ish nomi Lavozimi Fakulteti Kafedra nomi Fan nomi Dars beradigan soat miqdori Muddat
1. Баэк Мун Жонг 14.10.2020
№ 02-1305
Корея Республикаси Ўзбекистон давлат жисмоний тарбия ва спорт университети Профессор Таэквондо ва спорт фаолияти Таэквондо ва спорт фаолияти Sport  mohoratini oshirish 02.09.2020-30.06.2021 Пуллик
2. Мамбеталина Алия Сактагановна 16.03.2021
№ 02-534
Қозоғистон Республикаси Л.Н.Гумилев номидаги Евроосиё Миллий университети Доцент Таэквондо ва спорт фаолияти Спорт менежменти Умумий психология ва спорт психологияси 12 соат 15.03.2021-30.03.2021
3. Kim Eur-Joong 16.09.2021
№ 02-1603
Koreya Respublikasi Chungbuk davlat jismoniy tarbiya universiteti O‘qituvchi Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi Yakka kurash sport turi va uni o‘qitish uslublari fani 12 soat 16.09.2021 30.09.2021
4. Fernando Weeramundage Dilroy Leon 18.09.2021
№ 02-1606
Shri Lanka Demokratik Sotsiolistik Respublikasi Xalqaro regbi federatsiyasining Jahon regbi

sport turini rivojlantirish bo’yicha maslahatchis

Murrabbiy-O‘qituvchi Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi Sport  mohoratini oshirish  (Regbi) fani 12 soat 17.09.2021 30.09.2021
5. Van Rooyen Benjamin 18.09.2021
№ 02-1607
Janubiy Afrika Respublikasi Xalqaro regbi federatsiyasining Osiyo regbi sport turini ruvojlantirish bo‘yicha maslahatchi Murrabbiy -O‘qituvchi Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi Sport  mohoratini oshirish  (Regbi) fani 12 soat 17.09.2021 30.09.2021
6. Demeuov Axan Kalibayevich 16.10.2021
№ 02-1739
Qozog’iston Respublikasi Qozog’iston davlat unverseteti p.f.n., dotsent Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi Sport  mohoratini oshirish 12 soat 11-15.10.2021
7. Mustafayev Ispandiyar Temirovich 16.10.2021
№ 02-1739
Qozog’iston Respublikasi Qozog’iston davlat unverseteti Katta o`qituvchi Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi Sport  mohoratini oshirish 12 soat 11-15.10.2021
8. Altayeva Gulnoza Nurseitova 16.10.2021
№ 02-1739
Qozog’iston Respublikasi Qozog’iston davlat unverseteti Katta o`qituvchi Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi amaliy ma’ruza 12 soat 11-15.10.2021
9. Mambetalina Aliya Saktaganova 01.11.2021
№ 02-1883
Qozog‘iston Respublikasi L.N. Gumilyova nomidagi Yevraziya Milliy universiteti Professor Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Sport menejmenti”  kafedrasi Boshqaruv psixologiyasi 12 soat 01.11.2021 30.11.2021
10. Jumadilxanov Asqar Anesovich 01.11.2021
№ 02-1883
Qozog‘iston Respublikasi L.N. Gumilyova nomidagi Yevraziya Milliy universiteti Professor Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Sport menejmenti”  kafedrasi Sport tadbirlarini tashkil etish va boshqarish 12 soat 01.11.2021 30.11.2021
11. Majenov Serikkazi Tursinbayevich 01.11.2021
№ 02-1883
Qozog‘iston Respublikasi L.N. Gumilyova nomidagi Yevraziya Milliy universiteti dotsent Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Sport menejmenti”  kafedrasi Sport sohasida ilmiy tadqiqotlar 12 soat 01.11.2021 30.11.2021
12. Marchibayeva Ulbosin Sametxanovna 01.11.2021
№ 02-1883
Qozog‘iston Respublikasi L.N. Gumilyova nomidagi Yevraziya Milliy universiteti dotsent Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Sport menejmenti”  kafedrasi Bolalar va o‘smirlar sporti asoslari 12soat 01.11.2021 30.11.2021
13. Mustafayeva Valida Ispandiyarovna 13.11.2021
№ 02-2003
Qozog‘iston Respublikasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti o‘qituvchi Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi  Tioriya I metodika fizicheskogo kultira I sporta 12 soat 12.11.2021 20.11.2022
14. Temiri Malyak Ispandiyarovna 13.11.2021
№ 02-2003
Qozog‘iston Respublikasi Muxtor Avezov nomidagi Janubiy-Qozog‘iston universiteti o‘qituvchi Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi  Tioriya I metodika fizicheskogo kultira I sporta 12 soat 18.11.2021 25.11.2023
15. Baek Mun Jong 14.10.2021№ 02-1713 Koreya Dankuk universiteti professor Taekvondo va sport faoliyati fakulteti Taekvondo va sport faoliyati kafedrasi Sport  mohoratini oshirish 04.10.2021 30.06.2022