Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Chungnam milliy universiteti

Chungnam milliy universiteti (Koreya) delegatsiyasi tashrifi

2023 yilning 13-yanvar kuni Janubiy Koreya respublikasining Chungnam milliy universiteti (Chungnam national university) delegatsiyasi O'zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi.

Delegatsiya bilan hamkorlik muzokaralarini olib borishda xalqaro hamkorlik bo’limi bilan birgalikda ilmiy ishlar prorektori, Fizika va Amaliy matematika fakulteti dekanlari hamda professor-o’qituvchilari ishtirok etishdi.

Muzokarada ikki universitet o’rtasida o’quv, ilmiy tadqiqot va akademik mobillik bo’yicha hamkorlikni yo’lga qo’yish masalalari muhokama etildi.

Hamkorlik fizika, kompyuter texnologiyasi va amaliy matematika yo’nalishlarida olib borilishi ta’kidlandi.

Chungnam milliy universiteti tomonidan taqdim etiladigan grant loyihalari xususida aytib, mazkur loyihalarda O’zMU professor-o’qituvchilari hamda talabalari ham ishtirok etishlari mumkinligi ta’kidlandi.