O‘zbekiston Milliy universitetining Geografiya va geoaxborot tizimlari fakulteti “Geodeziya, kartografiya va kadastr” yo‘nalishi 3-kurs talabalari navbatdagi o‘quv seminarida ishtirok etishdi.
Dars mashg‘uloti qishloq xo‘jaligiga mo‘ljalanmagan yer uchastkalarining baholash mexanizmini o‘rganish, yer hisobini yuritish, yer kadastri kabi masalalarga bag‘ishlandi. Seminarda palata mutasaddilari ishtirok etib, talabalarga soha bo‘yicha zarur bilimlarni taqdim etishdi.
Bu kabi o‘quv darslari doimiy ravishda tashkil etilib, bo‘lajak mutaxassislarning amaliy bilimlarini oshirishga, ularning kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
O‘zMU Axborot xizmati