Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Diqqat, tanlov!

O‘zbekiston Jurnalistlari ijodiy uyushmasi “Huquqiy savodxonlik” tanlovini eʼlon qiladi.
Tanlov joriy yilning 9-aprelidan 9-maygacha onlayn tarzda bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilarga har kuni 9 tadan test savollari berib boriladi.
Tanlov 3 bosqichda o‘tkazilib, har bir bosqich 9 kun davom etadi. So‘nggi bosqichda yuqori natijalarni ko‘rsatgan ishtirokchilar g‘olib deb topiladi.
G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o‘rin – Noutbuk va I-darajali diplom;
2-o‘rin – Planshyet va II-darajali diplom;
3-o‘rin – Smartfon va III-darajali diplom.
Eng ko‘p referal to‘plagan 9 nafar ishtirokchi 3-bosqichda to‘plagan ballidan qatʼiy nazar, diplom va qimmatbaho sovg‘alarni qo‘lga kiritadi.
Tanlovda yuqori ball to‘plagan 200 nafar qatnashchi elektron sertifikat va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi.
Huquqiy savodxonligingizni oshiring va g‘olib bo‘ling!
Tanlov Nizomi bilan tanishing: https://journalist.uz/n/26418
Tanlovda ishtirok etish: https://t.me/Huquqiysavodxonbot