Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Doktorantlar bilan uchrashuv o’tkazildi

Bugun, O‘zbekiston Milliy universitetida 1-bosqichga qabul qilingan tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilar ishtirokida uchrashuv o‘tkazildi.

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov izlanuvchilarni samimiy tabriklab, universitetda ilmiy faoliyat olib borish uchun yaratilgan imkoniyatlar, ilmiy stajirovkalarda ishtirok etish, xalqaro ma’lumotlar bazalari va undagi nufuzli ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalar chop etish tartiblari xususida to'xtalib o‘tdi.

Shuningdek, tadqiqotchilarga Ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Nargiza Nurmuhamedova tomonidan yakka tartibli ish rejasini shakllantirish, yil yakuni bo‘yicha monitoringdan o'tish tartibi bo‘yicha ma'lumot berildi.

Uchrashuvda 150 nafarga yaqin tadqiqotchilar ishtirok etib, ular o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mas’ullardan batafsil javob olishdi.