Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti nafaqat O`zbekistonda, balki Markaziy Osiyoda birinchi va yetakchi oliy ta`lim muassasasi hisoblanadi: 15 ta fakultet, 80 ta kafedra, 16 ta qo‘shma ta’lim dasturi, Bitiruvchilar soni 200 000+

Ekologiya fakulteti


2020 yil 5 martda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O'zbekiston Respublikasida Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimini tubdan isloh qilish masalalari to'g’risida” o'tkazilgan 19-sonli yig’ilish bayonining 14-bandiga (Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish sohasida kadrlarni tayyorlash) asosan Mirzo Ulug’bek nomidagi O'zbekiston Milliy universiteti tarkibiga “Ekologiya” fakulteti tashkil etildi.

Ekologiya fakulteti universitetda eng yosh, shu bilan bir qatorda Markaziy Osiyoda yagona hisoblanadi.


YO'NALISH, MUTAXASSISLIK VA IXTISOSLIKLAR

Bakalavriat -  O'qish muddati - 4 yil

Yo'nalish: •5630100-Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

Magistratura -O'qish muddati - 2 yil

Mutaxassislik: -5A630102 - Ekologiya (tarmoqlar va sohalar bo'yicha)

Doktorant va tayanch doktorant - O'qish muddati -3 yil

Ixtisoslik: 03.00.10 - Ekologiya


Talabalar kontingenti

Bakalavriat kunduzgi ta’lim  - 213 nafar

Yigitlar 86

Qizlar 127


Sirtqi ta’lim - 228 nafar

Yigitlar 115 nafar

Qizlar 113 nafar


Qo’shma ta’lim dasturi- 25 nafar

Magistratura - 25 nafar

Tayanch doktorant - 9


Professor-o'qituvchilar tarkibi

Jami o’qituvchilar soni - 39 nafar

Fan doktori va professorlar -  9 nafar

Fan nomzodi (PHD) - 18 nafar

Ilmiy darajasi yo’q o’qituvchilar - 12


XALQARO HAMKORLIK ALOQALAR

Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universiteti Ekologiya fakulteti 12 ta rivojlangan davlatlarning 15 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik qilib kelmoqda.
Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya davlat Gidrometeorologiya universiteti, Rossiya Xalqlar do’stligi universiteti, Chelyabinsk davlat universiteti, Kazan Federal universiteti, Belorus davlat universiteti, Germaniyaning Martin-Luther nomidagi Halle-Wittenberg universiteti, Yaponiyaning Kyota universiteti, Xitoyning Xinjiang univesiteti, M.Auvezov nomidagi Janubiy- Qozog’iston davlat universiteti, Ozarbayjon Respublikasining Baku davlat universiteti, Amerika qo’shma shtatlarining Chikago universiteti, Vashington universiteti, Kolumbiya univerisitetlari bilan hamkorlik