Elsevier tashkiloti
Joriy yilning 7 mart sanasida, Elsevier tashkilotining Markaziy Osiyo bòyicha mas'ul yangi tarkibi, xususan, bosh menenjer Ayhan Akanay Saracoglu va Informascope doirasida mas'ul menenjer Bakdaulet Yerxanovlar O'zMUga tashrif buyurishdi.
Tashrif davomida universitetning oxirgi 5 yillik ilmiy tadqiqot ishlari va ularning Elsevier platformasidagi monitoringgi tahlil qilindi. Professor-òqituvchilarning ilmiy ishlari va maqolalariga bòlgan xalqaro doiradagi talabga ijobiy baho berildi. Maqolalar sifati, yuklab olish, iqtiboslik darajasi va ularning sistemada kòrsatib borilishi haqida ma'lumotlar berildi. Yutuq va kamchiliklar aytib òtildi.
Suhbat sòngida yosh tadqiqotchilar bilan Scopus bazasidan tòĝri jurnal tanlash bòyicha seminarlar tashkil etishni davomiyligi bòyicha kelishib olindi.