Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy universiteti 105 yoshda!

Elsevierning Markaziy Osiyo va Ozarbayjon bo‘yicha mas’ul rahbari Damir Raxmetov O‘zbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi

Kompaniya rahbari tashrif chog‘ida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi “Molekulyar va hujayra biotexnologiyasi” nomli oliygohlararo ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi bilan tanishib, tegishli uskunalarni ishlatish va ilmiy natijadorlikni oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar berdi. Shuningdek, mehmon Biologiya fakultetida ham bo‘lib, Aziz Sanjar nomidagi laboratoriya faoliyati bilan ham tanishdi.

Uchrashuvda Damir Raxmetovga Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Yoqub Ergashov hamda Ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘limi boshlig‘i Nizomiddin Aliyev hamrohlik qilib, universitetimizdagi ilmiy faoliyat va salohiyat, professor-o‘qituvchilar, yosh olimlar tomonidan olib borilayotgan ilm-fanning aktual yo‘nalishlaridagi ilmiy izlanishlar va ularning natijadorligi xususida ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida universitet hududida Elsevier jurnallar bazasidan foydalanishni yo‘lga qo‘yish va uning istiqbollari muhokama qilinib, kompaniya bilan kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlari belgilab olindi.

O‘zMU Axborot xizmati