Olima dunyoning 1000 talik roʻyxatiga kiritilgan xorijiy universitetlarida kompyuter va korpus lingvistikasi boʻyicha maʼruzalar oʻqigan: Qozon Federal universiteti (2020, onlayn), Novosibirsk davlat universiteti (2021, 2024, Rossiya), Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (2022, Qozogʻiston), Al Farobiy nomidagi qozoq milliy universiteti (2023, 2024, 2025 Qozogʻiston), Puate universiteti (2023, Fransiya).
Dunyoning quyidagi mamlakatlarida stajirovka va malaka oshirgan: Ispaniya, Litva, Germaniya, Polsha, Rossiya, Turkiya.
Olimaning 6 ta monografiya, 6 ta oʻquv qoʻllanma, 7 ta darslik, 2 ta uslubiy qo‘llanma, xorij va respublika nashrlarida eʼlon qilingan 400 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etgan, 35 dan ortiq dasturiy taʼminot va maʼlumotlar bazasi uchun mualliflik guvohnomalarini qoʻlga kiritgan.
Uning rahbarligida 10 nafar PhD, 50 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan.
2024-yil “Yilning eng yaxshi olimi” nominatsiyasi bo‘yicha kuchli o‘ntalik reytingidan joy olgan hamda shu yil “O‘zbekistonning taniqli olimlari ensiklopediyasi”ga kiritilgan. https://taniqliolimlar.uz/scientist.php?id=231
2018-yili “El-yurt umidi” (Isteʼdod) fondining stipendiati sifatida Kompyuter lingvistikasi, korpus lingvistikasi va tabiiy tilni qayta ishlash (NLP) kurslari boʻyicha Litvaning Vitautas Magnus universitetida malaka oshirib, aʼlo darajali sertifikat bilan tamomlagan.
2020-yili „100 ta eng yaxshi innovatsion loyihalar“ nomli tanlovining „Eng yaxshi maʼlumotlar bazasi“ nominatsiyasi boʻyicha Respublika bosqichida gʻolibasi boʻlgan[2]. Shu nominatsiya boʻyicha Koreya olima ayollar assotsiatsiyasining maxsus sertifikatini qoʻlga kiritgan (2020)
2025-yil Science and Innovation tomonidan o’tkazilgan “2025 award” tanlovida “Eng yaxshi ilmiy nashr” g’olibi bo’lgan.
2025-yil O’zFA tomonidan o’tkazilgan “Evrika” tanlovining g’olibi bo’lgan.
2026-yil Respublika bo’yicha “WORLDLY KNOWLEDGE” publishing center tomonidan o‘tkazilgan “OTM KAFEDRA MUDIRLARI UCHUN KATTA TANLOV”da 1-o’rinni egallagan.
2017-2021-yillar uchun N.Abduraxmonova “Markaziy Osiyo universitetlarida sohalararo magistratura dasturini rivojlantirish-CLASS” deb nomlangan xalqaro Erasmus+loyihasining universitet koordinatori boʻlgan.
2017-2019-yillar uchun Qozogʻistondagi Gumilyov nomidagi Yevroosiyo universitetining “AP05132249 Разработка электронных тезаурусов тюркских языков для создания систем многоязычного поиска и извлечения знаний” nomli xalqaro loyiha ishtirokchisi boʻlgan.
2021—2023-yillarda Nilufar Abduraxmonova Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan moliyalashtirilgan „Yangi avlod oʻquv lugʻatlari va ularning mobil ilovasini yaratish“ nomli amaliy loyihada ishtirok etgan.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining “Olima ayollar” tanlovida uning “Paratranslator – parallel korpusga asoslangan kontekstologik elektron tarjima lug‘at platformasini yaratish” (2024-2025) nomli loyihasi g‘oliblikni qo‘lga kiritgan hamda ilk bor o‘zbek tili uchun mo‘ljallangan ko‘p tilli parallel korpus platformasiga asos solingan https://paratranslator.uz/ . Bu bo‘yicha N.Abduraxmonova Germaniyaning Kyoln universitetida 2024-yilda parallel korpus borasida xorij tajribalarni o‘rganish maqsadida malaka oshirgan.
AL – 823051165-raqamli “Ijtimoy tarmoqlardagi turli xarakterli matnli ma’lumotlarni aniqlash va moniringini amalga oshirish tizimini ishlab chiqish” nomli TATUda amalga oshirilayotgan amaliy tadqiqot loyihasida katta ilmiy xodim lavozimida faoliyat olib borgan.
2025-yili Tatariston Fanlar akademiyasi Amaliy semiotika institutida NLP va korpus lingvistikasi bo‘yicha stajirovkada tajriba almashgan.
2025-yil o‘tkazilgan «Rossiya – Islom dunyosi: KAZANFORUM» nomli XVI xalqaro forumning “M3. NLP sohasida sun’iy intellekt: holat va istiqbollar” nomli sho‘basida Speaker sifatida ishtirok etgan. https://kazanforum.ru/program/