The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Din niqobidagi ekstremizm-yoshlarning kelajagi uchun tahdid

Oʼzbekiston azaldan koʼp millati va turli dinlarga eʼtiqod qiluvchi xalqlar tinch totuv yashab kelgan yurt hisoblanadi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev taʼkidlaganlaridek “Bugungi tez oʼzgarayotgan dunyo insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu bilan birga ularni ilgari koʼrimagan turli tajovuz xavf-xatarlarga ham duchor qilmoqda. Gʼarazli kuchlar, sodda, gʼoʼr bolalarni oʼz ota-onasiga, oʼz yurtiga qarshi qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin boʼlmoqda. Bunday keskin va tahlikali sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, maxalla-koʼy bu masalada hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning qoʼliga berib qoʼymasdan, ularni oʼzimiz tarbiyalashimiz lozim”.

Oʼzbekiston Milliy universiteti axborot resurs markazida “Din niqobidagi ekstremizm-yoshlar kelajagi uchun tahdid” mavzusida Xadichai Kubro ayol qizlar oʼrta maxsus islom taʼlim muassasasi hamkorligida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʼtkazdi. Tadbirni Oʼzbekiston Milliy universiteti xotin-qizlar kengashi raisi Raʼno Rustamova olib bordi. Tabdirda Xadichai Kubro ayol qizlar oʼrta maxsus islom taʼlim muassasasining maʼnaviy-maʼrifiy ishlari boʼyicha direktor oʼrinbosari Zaynab Komiljonova va oʼqituvchi Muattar Аxmedova, professor- oʼqituvchilar, talaba qizlar qatnashdilar. Tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar ekstremizm va terrorizm maʼnaviy tahdidlarning bir turi boʼlib, mamlakatdagi tinchlik va osoyishtalikni izdan chiqarishga intiluvchi, mavjud konstituttsion tizimni agʼdarib tashlashga daʼvat etuvchi tajovuzkor siyosiy faoliyatlardan biri ekanligini taʼkidlandi. Mutaxassislar talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berishdi.

Oʼzbekiston Milliy universiteti

xotin-qizlar kengashi raisi

Raʼno Rustamova