15 faculties. 80 chairs. 16 joint education programs. Number of students 30,000+. The number of professors and teachers is 2000+. The number of graduates is 200,000+.

EZGU TАSHАBBUSLАR, MUSHTАRАK MАQSАDLАR YOʼLIDА HАMKORLIK

2021 yil 20 may kuni O‘zbekiston Milliy Universiteti va Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti soha prorektorlarining virtual uchrashuv bo‘lib. Ushbu uchrashuvda O‘zbekiston Milliy universiteti xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor Raima Shirinova, ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Xikmatjon Saburov, xalqaro reytingni rivojlantirish bo‘limi boshlig‘i Aziza To‘raqulova hamda biologiya fanlari doktori, professor Dilfuza Egamberdiyevalar ishtirok etdishdi. Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti tomonidan o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Fotima Jakipov, tijoratlashtirish va internatsionalizatsiya bo‘yicha prorektor Mehmet Arslan, biotexnologiya kafedrasi mudiri Aida Kistaubayevalar qatnashdilar.

Uchrashuvda asosan Qozog‘iston Milliy universitetining xalqaro reytingdagi tajribasi va xalqaro o‘zaro ta’sir doiralarini oshirish bo‘yicha masalalar ko‘rib chiqildi. Shuningdek, doktorantlarni ilmiy stajirovkaga jo‘natish, ikki rahbarlik, xalqaro qo‘shma loyihalar, professor-o‘qituvchilarning ilmiy va o‘quv hamkorligi bo‘yicha takliflar batafsil muhokama qilindi.

Hamkorlar xalqaro reytingda bir-birini qo‘llab-quvvatlash, manfaatli hamkorlikni tizimli amalga oshirish, davomiy va uzoq yillarga mo‘ljallangan dasturlar ishlab chiqish lozimligini alohida ta’kidlab o‘tishdi. Ayniqsa, o‘quv-uslubiy bo‘lim hamda xalqaro hamkorlik bo‘limi xodimlarining o‘zaro tajriba almashish imkoniyatlarinini kengaytirish zarurligini e’tiborga olib bu borada aniq mexanizmlar ishlab chiqishga kelishib oldilar.

Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektor

Raima Shirinova