The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Department of geometry and topology

Beshimov Ruzinazar Bebutovich - Head of department

 100174, Universitet street 4, Olmazor district, Tashkent

 Monday-Friday, 14:00 – 17:00

 +998 9

e-mail: rbeshimon@mail.ru


Geometriya kafedrasi 1971 yilda tashkil topgan. Uning ilk rahbari professor M.A. Sobirov hisoblanadi. Kafedraga turli yillarda dotsent A.V. Mironov (1975-1985), professor A.Ya.Narmanov (1990-1993), (2000-2016) va professor A. Ortiqboev (1993-2000) mudirlik qilgan. Kafedraga 2016 yildan boshlab fizika-matematika fanlar doktori, dotsent R.B. Beshimov mudirlik qilmoqda.

Professor M.A. Sobirov Moskva davlat universitetini bitirgan yirik olim va marifatparvar inson edi. Uning hammuallifligida 1956 yili ozbek tilida birinchi marta differentsial geometriya kursi boyicha darslik chop etildi.
Hozirgi vaqtda Geometriya va topologiya kafedrasida ikkita yonalish boyicha ilmiy izlanishlar olib borilmoqda: Qatlamalar nazariyasi va uning tatbiqlari hamda Topologik fazolarning kardinal xossalari.
Kafedraning Moskva davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat universiteti, Novosibirsk davlat universiteti, Ozbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Matematika instituti, barcha viloyatlardagi oliy oquv yurtlari, Warwick universiteti (buyuk Britaniya) va Yaponiya universiteti va CIMPA, ICTI kabi ilmiy markazlar bilan hamkorlik aloqalari mavjud.
Kafedra jamoasi Ozbekiston Respublikasi Oliy va orta maxsus talim vazirligi tomonidan mablag bilan taminlangan mavzu boyicha ilmiy tadqiqot ishlari olib bormoqda.
Kafedrada magistratura, doktorantura mavjud bolib, 5 yil ichida 2 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi va 40 ga yaqin magistrlik dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilindi. Magistrlar orasida Mirzo Ulugbek nomidagi davlat stipendiyasi sovrindorlari va jahon olimpiadasi qatnashchilari bor.
Kafedra talabalarining ilmiy maqolalari respublikamiz va chet el davlatlarining nufuzli jurnallarida elon qilinmoqda.
Kafedra professor-oqituvchilarining tashabbusi bilan respublikamizda xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferentsiyalar otkazilmoqda.
Kafedramiz professor-oqituvchilari Yaponiya, Rossiya, Ukraina, Qozogiston, Turkiya, Qirgiziston kabi davlatlarda bolib otgan xalqaro konferentsiya, kongress va maktab seminarlarda muntazam qatnashib kelmoqda. Kafedrada muntazam ravishda ilmiy seminar faoliyat korsatadi.