The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Hamkorlikning yangi bosqichi

Oʼzbekiston Milliy universitetida Novosibirsk davlat universiteti (NDU) hamda Rossiya Federatsiyasi Sibirь Boʼlimi tarmoq institutlarida ilmiy darajalarga ega boʼlgan koʼplab professor-oʼqituvchilar faoliyat olib boradi. Universitet NDU bilan juda yaqin va natijali hamkrlikni yoʼlga qoʼygan. Bugungi kunda NDUda OʼzMU, SamDU, QarshiDU, UrDU, BuxDU, QQDUlarining 23 nafar talabalari Matematika taʼlim mutaxassisligida grant asosida tahsil olmoqda. Joriy yilida matematika fakulьteti talabalari Novosibirsk shahrida boʼlib oʼtgan xalqaro matematika olipia­dasida ishtirok etib sovrinli oʼrinni egallab NDU magistraturasiga tanlovsiz grant asosida oʼqishga taklif qilindilar.

21 may kuni Novosibirsk Davlat universiteti delegatsiyasi yangi hamkorlik taklifi bilan Oʼzbekiston Milliy universitetiga tashrif buyurdi. Mehmonlarni xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor Raima Shirinova va ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʼyicha prorektor Xikmatjon Saburovlar qabul qildilar. Аyniqsa, 2021-2022 oʼquv yilidan boshlab bakalavriat yoʼnalishida tahsil oladigan iqtidorli talabalarni oʼqishini 2 kursdan soʼng NDUga koʼchiriish va oʼqishni mazkur universitetda davom ettirib, diplom olishlari mumkinligi toʼgʼrisida taklif bildirildi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, matematika fakulьteti dekani, professor Igorь Marchuk 2 yil oldin NDU magistraturasiga qabul qilingan OʼzMU talabalari orasidan 3 nafari universitet qaroriga muvofiq doktoranturaga tavsiya qilinganligi toʼgʼrisida mamnuniyat bilan soʼzladi.

Uchrashuvda tomonlar talabalarning ilmiy muloqot markazini tashkil qilish, universitetga NDU talabalarini qisqa muddatli akademik mobilligini yoʼlga qoʼyish, xalqaro konferentsiyalarni ishtirok etish va shu shu bilan birga magistrant, tayanch dokto­rant va doktorantlarning ilmiy ishlariga rahbarlikni yanada oshirish borasida ham kelishib oldilar.

Xalqaro aloqalar boʼyicha prorektor

Raima Shirinova