The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Jurnalistika fakulteti talabalari uchun “Bitiruvchi-2024” tantanali tadbiri o‘tkazildi

  O‘zbekiston Milliy universitetida Jurnalistika fakultetining bitiruvchi talabalari ishtirokida “Bitiruvchi-2024” tantanali tadbiri tashkil etildi.   Unda universitet rahbariyati, jurnalistika fakulteti jamoasi, hamkor tashkilotlar, bitiruvchilar va ularning ota-onalari, talaba-yoshlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.



  Tadbir avvalida, universitetning ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Yoqub Ergashov, jurnalistika fakulteti dekani Mahliyo Mirsoatova so‘zga chiqib, bitiruvchilarga tabrik so‘zlarini yo‘llashdi.



  Qutlov so‘zlarini bildirganlar tomonidan bitiruvchi-yoshlarning universitet davomida erishgan yutuqlari va muvaffaqiyatlari ta’kidlanib, kelgusida ularga ulkan zafarlar tilandi. Ota-onalarning ham tabrik so‘zlari tinglandi.



  Shundan so‘ng, bitiruvchi talabalarga O‘zMU diplomi tantanali topshirildi. Tadbirning rasmiy qismidan so‘ng talabalarga bag‘ishlangan badiiy kechaga navbat berildi va bir guruh san’atkorlar kuy-qo‘shiqlari bilan ko‘tarinki kayfiyat ulashildi.