The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Milliy universitetda 1 kurs talabalari uchun «TANISHUV DARSLARI» bo‘lib o‘tmoqda


O‘zbekiston Respublikasi Oliy va O‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2020 yil 5 oktabrdagi “Oliy talim muassasalari 1-kurs talabalarini o‘quv jarayoni bilan tanishtiruv haftaligini tashkil etish to‘g‘risida”gi 517 sonli buyrug‘iga asosan, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida 1 kurs talabalari bilan uchrashuv tashkil etildi.

Yangi o‘quv yili uchun namunada keltirilgan tartibda dars jadvaliga muvofiq tanishuv darslari yo‘lga qo‘yildi va ushbu darslarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning BMTning 75-sessiyasida so‘zlagan nutqi hamda “O‘qituvchilar va murabbiylar kuni” munosabati bilan o‘tkazilgan tantanali Davlat tadbiridagi ma’ruzasining mazmun-mohiyati xususida to‘xtalib o‘tildi. Universitet faoliyati, fakultetlar haqidagi ma’lumotlar, videoroliklar, elektron taqdimotlar asosida yoritib berildi. Barcha darslar universitet rahbariyati nazorati ostida sanitariya-gigiyenik qoidalariga rioya qilingan holatda o‘tkazildi.