The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

«Oʼzbekiston Respublikasida Durban deklaratsiyasi va harakatlar dasturini amalga oshirish» mavzuidagi davra suhbati

Joriy yilning 29 iyunь kuni Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari qoʼmitasi, Inson huquqlari boʼyicha Oʼzbekiston Respublikasi milliy markazi va Mirzo Ulugʼbek nomidagi Oʼzbekiston Milliy universiteti tomonidan «Oʼzbekiston Respublikasida Durban deklaratsiyasi va harakatlar dasturini amalga oshirish» mavzusidagi onlayn va oflayn davra suhbati boʼlib oʼtdi. Mazkur tadbirda Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʼstlik aloqalari qoʼmitasi, Milliy universitet va Inson huquqlari boʼyicha milliy markazi rahbariyati va masʼul xodimlari, professor oʼqituvchilar hamda Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʼzbekistondagi loyihalari koordinatori, mamlakatimizdagi turli vazirlik va idoralarning masʼul xodimlari ishtirok etishdi. Tadbir davomida Durban deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi xalqaro hamjamiyatni milliy, mintaqaviy va xalqaro miqyosda irqchilikka qarshi kurashishga chaqiradigan xalqaro hujjatlardan biri ekanligi va uni oʼrganish jamiyatga tadbiq etish “2017-2021 yillarda Oʼzbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yoʼnalishi boʼyicha Harakatlar strategiyasi”ning maqsad va vazifalariga ham toʼla mos kelishi taʼkidlandi. Deklaratsiyasi va Harakatlar dasturi Qoʼmita tomonidan batafsil oʼrganilib, bu boʼyicha xalqaro va milliy tajriba soha ekspertlari bilan birgalikda koʼrib chiqilayotganligi maʼlum qilindi.

  • Durban deklaratsiyasi bu umumjahon hujjatlaridan biri hisoblanadi va bu hujjat aynan millatlararo doʼstona munosabatlarni rivojlantirishga olib keladi. Deklaratsiyada qatnashayotgan har bir mamlakat ayniqsa Markaziy Osiyodagi mamlakatlar oʼziga xos madaniyatga tarixga ega. Masalan Oʼzbekistonda ham bir necha millatlar va elatlar yashaydi. Ularning tillari va madaniyatlari har xil boʼlgani uchun bu davlatlar oʼzaro bilimi va tajribasi bilan almashishda aynan Durban deklaratsiyasi orqali bu aloqalarni yoʼlga qoʼyish mumkin. Bu munosabatlar har bir mamlakatda tinchlik-totuvlikka xizmat qiladi. Bundan tashqari har bir mamlakatning fuqarolari oʼzlarining millati, dini va irqidan qatʼiy nazar barchani birdek hurmat qilishga olib keladi, - deydi Pьer Fon Аrks — Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Oʼzbekistondagi loyihalari koordinatori.

Davra suhbati yakunida ishtirokchilar kelgusida ham bunday uchrashuvlarni muntazam oʼtkazish taklifini berishdi.

OʼzMU Аxborot xizmati