The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Olimlar yo‘qlovi

Fizika fakulteti “Umumiy fizika”, “Fotonika” va “Yadro fizikasi” kafedralari ham Toshkent shahar Chilonzor tumanidagi “Al-Xorazmiy”, “Bekto‘pi” va “Xonto‘pi” mahallalar bilan hamkorlik qilish maqsadida kafedra mudirlari D.Begmatova, T.Ahmadjonov va S.Polvonovlar boshchiligida kafedra professor o‘qituvchilari bilan mahallalarga tashrif buyurishdi.

Dastlab “Bekto‘pi” MFY ga borildi. Mahalla raisi va o‘rinbosarlari hamda mahalla faollari bilan birga suhbat o‘tkazildi. Mahalladagi fuqarolar, ularning muammolari, rejalari, MFY dagi olib borilayotgan ishlar xususida suhbatlashildi. MFY raisi bilan hamkorlikda qilinadigan ishlar kelishib olindi.

“Umumiy fizika” kafedrasi hamkorlik qilayotgan “Al-Xorazmiy” mahallasida mahalla faollari bilan suhbat o‘tkazildi. Mahallaning shart –sharoitlari o‘rganildi. Shu mahallada tug‘ilib, tarbiya olgan M.Q.Risqiboyeva tumanda o‘tkazilgan “Zulfiya nomli Davlat mukofoti” tanlovida ishtirok etib, shahar bosqichiga tavsiya etilgani haqida ham faxr bilan mahalla yoshlarining intilishlari, ularning amalga oshirayotgan ishlari xususida so‘zlab berishdi.

Chilonzor tumani hokimligi kubogi bo‘yicha mahalla fuqarolari jamoasi futbol musobaqasiga mahalla yigitlari astoydil tayyorgarlik ko‘rishayotganini ham samimiyat bilan ta’kidlashdi. Mahallada qizlar uchun tikuvchilik, kashtachilik to‘garaklari ham tashkil etilgan. Kafedra jamoasi kelgusida mahalla bilan hamkorlikda amalga oshiradigan ishlari xususida fikr almashdilar.

“Yadro fizikasi” kafedrasi hamkorlik qilayotgan “Xonto‘pi” mahallasidagi uchrashuv chog‘ida mahalladagi yechimini kutayotgan masalalar, rejadagi ishlar haqida fikr almashishdi. MFY da mahalladagi fuqarolar bilan yig‘ilishlar o‘tkazishga alohida joy yo‘qligi, hamda MFY joylashgan bino ta’mirtalab ekanligini, mahalla raisi bu bo‘yicha amaliy ishlarni rejalashtirganini aytib o‘tdi. Kafedra mahalla yoshlarining qiziqishlaridan kelib chiqib, fan va sport to‘garaklari ochishga ko‘maklashishga tayyor ekanliklarini bildirishdi.

O‘zMU Axborot xizmati