The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

O`zbekiston Milliy universiteti iftixorlari!

Oliy va O`rta maxsus ta`lim vazirligi va respublika ma`naviyat va ma`rifat markazi tomonidan Oliy ta`lim muassasalari talabalari o`rtasida turli mavzularni o`z ichiga olgan tanlovlar e`lon qilingan edi. Jumladan, joriy yilning may-iyun oyida “Odam savdosi – davr muammosi” va “Eng yaxshi blogger” respublika tanlovning unversitet va final bosqchi o`tkazilib, g`oliblar aniqlandi.

Quvonarli jihati “Odam savdosi – davr muammosi mavzusidagi ijodiy ishlar tanlovining final bosqchida  40 ta oliy ta’lim muassasalarining 80 nafar talaba-yoshlari o`rtasida O`zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlar fakulteti
2-bosqich talabasi Saloxov Sirojiddin Sadriddin o`g`li birinchi o`rinni egallab g`oliblikni qo`lga kiritdi.

Shuningdek, yana bir talabamiz – Jurnalistika fakulteti 4-bosqich talabasi Sultonov Javohir Jahongir o`g`li “Eng yaxshi bloger” tanlovining respublika bosqichida faxrli 1-o`rinni egalladi.

G'oliblar Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi tomonidan I, II, III darajali diplom va pul mukofoti  bilan taqdirlanadi! 

Yoshlar bilan ishlash, ma`naviyat va ma`rifat bo`limi