O‘zbekiston Milliy universitetida navbatdagi Universitet Kengashi bo‘lib o‘tdi
Kun tartibiga ko‘ra, O‘zMU huzuridagi Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yildagi faoliyati va 2024-yil uchun rejalashtirilgan ilmiy ishlar bo‘yicha institut direktori, professor Sharifa Utamuradovaning hisoboti eshitildi.
Sh.Utamuradova institutda mavjud ilmiy laboratoriyalarda olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari va ularning natijalari bo’yicha ma’lumotlar berdi.
Hisobot natijalariga ko'ra, institutning 2023-yildagi ilmiy faoliyati ijobiy deb baholandi.