The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

O‘zMU Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytinggida Top-150 talikdan joy oldi

Kuni kecha Shvetsariyaning Stokgolm shahrida Innovatsiyalar bo‘yicha dunyo universitetlari reytingining 2024-yilgi ro‘yxati e’lon qilindi.

Dastavval, ushbu reytingda O'zbekiston Milliy universiteti va Toshkent davlat yuridik universitetlarigina ishtirok etishgan bo'lsa, bu yil O'zbekistondan hujjat topshirgan  oliygohlar safi kengayib, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda Toshkent davlat sharqshunoslik universitetlari ham o'z loyihalarini  taqdim etdi.

Ma'lumki, O'zbekiston Milliy universiteti ushbu reytingda 3 yildan buyon ishtirok etib kelmoqda va bu yilgi natijalarga ko'ra universitet so'nggi uch yillik natijalarini yangiladi, ya'ni 73 pog'ona yuqorilab, Top 150 universitetlar qatoridan joy oldi. (127-o'rin) .

E’tiborlisi, O‘zbekiston Milliy universiteti bir necha yo'nalishlarda dunyoning eng ilg'or, nufuzli universitetlari Yale , Garvard universiteti, MIT lar bilan bir qatorda Top-30, 50 oliygohlar ro'yxatiga kiritildi.  Xususan,  "Inqirozni boshqarish" yo'nalishi bo'yicha Top-30 oliygohlar (30-o'rin) hamda "Talabalarni qo'llab-quvvatlashga jalb qilish" loyihalari bo'yicha (38-o'rin), " Sanoat inqilobi" (31-o'rin) loyihalari bo'yicha  esa Top-50 universitetlar qatoriga kirdi.

O'zMU Axborot xizmati