The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

O‘zMU talabalari xalqaro grant loyihasi tanlovida g‘olib bo‘ldi

Yevropa ittifoqining Erasmus+ Capacity Building in Higher Education dasturi doirasida e’lon qilingan tanlovda qo‘lga kiritilgan “101083216 — ECAMPUZ European World Talent Camp for Uzbekistan Sciyentists in Food Sciyencye and Technology — ERASMUS-EDU-2022-CBHE” loyihasida O‘zbekiston Milliy universiteti hamkor sifatida qatnashmoqda.



Kimyo fakulteti talabalari Mohinur Nig‘matillayeva, Daminbek Ziyatov, Aziza Raxmonqulova hamda Biologiya fakulteti magistrantlari Madina Abdug‘aniyeva va Shirinoy Payizova loyihaning “CAMP 2” tanlovida g‘olib bo‘lishdi. 1-16-iyun kunlari Ispaniyadagi Ekstremadura universitetida o‘tkazilgan amaliyot darslarida muvaffaqiyatli qatnashib, xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishdi.



ECAMPUZ – bu O‘zbekistonning oltita hamkor oliy ta’lim muassasasi va Yevropa Ittifoqining nufuzli ikki oliy o‘quv yurti hamkorligi doirasida salohiyatni oshirish bo‘yicha uch yilga mo‘ljallangan qo‘shma Erasmus+ loyihasidir. Oziq-ovqat fanining uchta muhim sohasini qamrab olishga mo‘ljallangan.