The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

O‘zMU terma jamoasi OTMlar o‘rtasida o‘tkazilgan futbol chempionati g‘olibi bo‘ldi

“Bitiruvchi va talaba-yoshlar – 2024” loyihasi doirasida Toshkent shahridagi oliy ta‘lim muassasalari o‘rtasida sportning futbol turi boʻyicha “Toshkent shahar hokimi kubogi” o‘tkazildi.

To‘qimachilik kombinati futbol stadionida o‘tkazilgan final o‘yinida Oʻzbekiston Milliy universiteti Alfraganus universitetiga qarshi muvaffaqiyatli to‘p surdi.

Natijaga ko‘ra, poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida tashkil etilgan mazkur turnirda g‘olib bo‘lib, chempion bo‘ldi hamda 21 600 000 so‘m pul mukofotini qo‘lga kiritdi.

O'zMU Axborot xizmati