The National University of Uzbekistan named after Mirzo Ulugbek is the first and leading higher education institution not only in Uzbekistan, but also in Central Asia: 15 faculties, 80 chairs, 16 joint education programs, The number of graduates is 200,000+

Rektordan qutlov

Hurmatli Inom Urishevich!

O‘zbekiston Milliy universiteti dunyoning eng nufuzli universitetlari TOP-1000 taligidan o‘rin egallaganligi bilan muborakbod etaman.

O‘zbekiston Milliy universiteti mamlakatimizdagi eng ulug‘, eng qadrli, eng aziz, eng mo‘tabar dargohdir. Bu qutlug‘ dargoh dunyo ilm-fanining markazlaridan biri, vatanimiz va xalqimizning milliy iftixori, milliy g‘ururidir.

O‘zMU minglab ilm-fan darg‘alariga beshik bo‘lgan tabarruk ta’lim manzilidir.
Prezidentimiz boshlagan islohotlar bugun o‘zining mevalarini bera boshladi. Bu hali boshlanishi. Bundan-da katta g‘alabalar yor bo‘lsin.

O‘zMU “QS World University Rankings-2025” xalqaro reytingda 781–790- o‘rindan munosib joy olganligi haqidagi xabar Samarqandlik ziyolilarni ham to‘lqinlantirib yubordi.

Yutuqlar bardavom, marralar yanada yuksak bo‘lsin.

Rustam Xolmurodov,
Samarqand davlat universiteti rektori, O‘zbekiston Respublikasi fan arbobi, Oliy Majlis Senati a’zosi